Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

© Sputnik / A. Sverdlov / Mediabankka o‘tishBabur Zaxireddin Muxammed na miniature XVI veka
Babur Zaxireddin Muxammed na miniature XVI veka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Stipendiya 2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida beriladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu prezident 25-yanvar kuni imzolagan “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” qarorda nazarda tutilgan.
Bu stipendiyaga 2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari da’vogarlik qilishlari mumkin.
Qarorga ko‘ra “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi. “Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:
o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;
- “Bobur” kitob-albomi;
- Bobur asarlari lug‘ati;
- Bobur devonining mukammal nashri.
2023 yil 1-avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0