Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Ular uchun bu daromad manbai": AQSh elitasining Ukrainadagi asl maqsadi fosh bo‘ldi

© AP Photo / Mindaugas KulbisAmerikanskie tanki Abrams u jeleznodorojnoy stansii Gayjunay bliz Vilnyusa, Litva. Arxivnoe foto
Amerikanskie tanki Abrams u jeleznodorojnoy stansii Gayjunay bliz Vilnyusa, Litva. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
AQShning yirik mudofaa korxonalari hamda "BlackRock", "J.P. Morgan", "GoldmanSachs" investitsion va qurilish kompaniyalari kabi AQShning yirik qurilish va sarmoya kompaniyalari Ukrainadagi urushdan mo‘may daromad olmoqda - OAV.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Amerika rasmiylari va korporatsiyalari Ukrainadagi mojaroni davom ettirishdan manfaatdor, chunki bu ular uchun daromad manbai, dedi Fox News telekanali boshlovchisi Taker Karlson.
Jurnalist aytishiga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kiyevni tinchlik kelishuviga undashi mumkin, lekin ular bu ishni qilmayapti. Oqibatda urush davom etmoqda va u allaqachon 100 minglab ukrainaliklarning hayotiga zomin bo‘ldi.

"Xo‘sh, nega ular urushni to‘xtatishni istamaydi? Chunki ular bundan mo‘may daromad olmoqda", - deydi Karlson.

Qo‘shma Shtatlar Ukraina mojarosi tufayli xorijga qurol sotishni ikki baravarga oshirdi.
Ukraina prezidenti Zelenskiy odatda sahna ortida qoladigan nomlarni, bilib yoki bilmasdan ochiqchasiga sanab o‘tdi.

Bular "BlackRock", "J.P. Morgan", "GoldmanSachs" kabi AQShning yirik qurilish va sarmoya kompaniyalaridir. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, "Ukrainaning tiklanishini real daromadlar va real investitsiyalar uchun yaxshi iqtisodiy imkoniyatdir", - deb Ukraina prezidenti so‘zlarini keltirdi boshlovchi.

"O‘ylab ko‘ring! Gap kimning puli haqida ketapti? Ukrainani qayta tiklash uchun sizniki, ya’ni AQSh soliq to‘lovchilarini, albatta. Bu yigitlar sizning hisobingizdan boyib ketishadi. Endi hamma narsa qanday ishlashini tushundingizmi?", - dedi Karlsson.

"Ha, ha, siz Ukrainada juda ko‘p pul topishingiz mumkin! Dunyoda eng korrupsiya rivojlangan mamlakatlardan biri - Ukrainada hamma narsa ana shunday ishlaydi. Tasodifmi yoki yo‘q, lekin hukumatimiz Ukrainani M1 Abrams tanklari bilan ta’minlashini tasdiqladi. Nima bo‘layotgani aniq emasmi? Men uchun hammasi juda aniq" - deya qo‘shimcha qildi Karlson.

Avvalroq AQShda bir necha siyosatshunoslar va iqtisodchilar va ommaviy axborot vositalari Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojarodan katta moliyaviy foyda ko‘rayotganiga ishora qilgan edi. Ta’kidlanishicha, Ukraina uchun ajratilgan o‘nlab milliard dollar hisobidan Amerika harbiy-sanoat majmuasi juda ko‘p buyurtmalar olgan va super daromad kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0