Tennischi Djokovichning otasi Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib olgan muxlislar bilan suratga tushdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishNovak Djokovich, arxivnoe foto
Novak Djokovich, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Srdjan Djokovichni Z harfi va “Bir qayerda bo‘lsak, Rossiya o‘sha yerda” deb yozilgan futbolka kiyib olgan muxlis bilan suratga tushayotganini ko‘rishgan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Serbiyalik tennischi Novak Djokovichning otasi Srdjan Djokovich Avstraliya ochiq chempionatidagi (Australian Open) o‘yinga Rossiya bayrog‘ini olib kelgan muxlislar bilan suratga tushdi.
Djokoviich va rossiyalik Andrey Rublov o‘rtasidagi bahs tuganidan keyin Srdjan Djokovichni Z harfi va “Bir qayerda bo‘lsak, Rossiya o‘sha yerda” deb yozilgan futbolka kiyib olgan muxlis bilan suratga tushayotganini ko‘rishgan. Muxlis qo‘lida Rossiya prezidenti surati tushirilgan bayroq bo‘lgan. Internetda paydo bo‘lgan videoda Djokovich otasi “Yashasin ruslar!” deb gapirayotganini ham eshitish mumkin.
The Telegraph” nashrining yozishicha, musobaqa tashkilotchilari serbiyalik tennischining jamoasiga siyosiy fikrlardan o‘zlarini tiyib turishni so‘rab murojaat qilishgan.
Bundan tashqari, kuni kecha mahalliy politsiya Vladimir Putin surati tushirilgan bayroq va DXR bayrog‘ini ko‘tarib olgan to‘rt kishini so‘roq qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0