Surxondaryo tumanlarida hokimlar o‘zgarishi: yana 8 ta tumanga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMujchini v kostumax i s portfelyami
Mujchini v kostumax i s portfelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatining yana 8 ta tumanida yangi hokimlar ish boshladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, Boysun, Bandixon, Sherobod va Qiziriq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sariosiyo tumani
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdisalom Xo‘jaqulov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Abduqodir Donayev tasdiqlandi.
Abduqodir Donayev 1981-yil 8-avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005-yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
Donayev 2005-2022 yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Uzun tumani
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Bahrom Tursunov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Habibulla Bozorov tasdiqlandi.
Habibulla Bozorov 1980-yil 3-aprelda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
Bozorov 2003-2022 yillarda Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Denov tumani
Xalq deputatlari Denov tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida
shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdumalik Allamuradov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Ilhom Abrorov tasdiqlandi.
Ilhom Abrorov 1971-yil 3-iyulda Denov tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Tojikiston davlat universiteti, 2008-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilishi.
Abrorov 1997-2020 yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020 yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oltinsoy tumani
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Jumayev vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Bahrom Maxmatraimov tasdiqlandi.
Bahrom Maxmatraimov 1974-yil 7-iyunda Denov tumanida tug‘ilgan. 2000-yil Termiz davlat universiteti, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.
U 1996-2021 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021 yildan buyon Kinematografiya agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Boysun tumani
Xalq deputatlari Boysun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Asqarali Jo‘rayev vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Bahodir Shukurov tasdiqlandi.
Bahodir Shukurov 1973-yil 1-yanvarda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Toshkent davlat universiteti, 2004-yil Toshkent davlat yuridik instituti, 2006-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi fizik, huquqshunos.
Shukurov 1994-2022 yillarda Ekologiya davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bandixon tumani
Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Choriyev O‘tkir Abduzoirovich vazifasidan ozod etildi.
Abdumalik Allamuradov Bandixon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Abdumalik Allamurodov 1977-yil 17-aprelda Termiz tumanida tug‘ilgan.
U 2000-2022 yillarda Adliya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar Allamuradov Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Sherobod tumani
Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ziyadulla Davlatov vazifasidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga Zaynobiddin Xalilov tasdiqlandi.
Zaynobiddin Xalilov 1973-yil Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U 2006-2022 yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qo‘mitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Hisob palatasining sho‘’ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qiziriq tumani
Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardayev vazifasidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga Sherzod Rajabov tasdiqlandi.
Sherzod Rajabov 1984-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Rajabov 2008-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi, “O‘zvinosanoat-xolding” AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021 yildan buyon Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Sho‘rchi tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0