Savdo markazlari va istirohat bog‘larining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

© SputnikTematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente
Tematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Endi savdo markazlari va istirohat bog‘lari doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkentdagi savdo markazlari va istirohat bog‘larining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi savdo markazlari va istirohat bog‘lari doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin.

"Hozirda mamlakatda havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani bois barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal sovuq ob-havo kunlari aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi bir qator korxonalar vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan edi.
Barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish faoliyatini ertalab soat 10-00 dan 17-00 ga qadar amalga oshirdi.
Yangiliklar lentasi
0