https://oz.sputniknews.uz/20230126/rossiyalik-diplomat-abrams-va-leopard-tanklarini-t-80-bilan-solishtirdi-31746389.html
Rossiyalik diplomat "Abrams" va "Leopard" tanklarini T-80 bilan solishtirdi
Rossiyalik diplomat "Abrams" va "Leopard" tanklarini T-80 bilan solishtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Konstantin Gavrilovning so‘zlariga ko‘ra, "Abrams" va "Leopard" unchalik farq qilmaydi, ular hatto Rossiyaning T-80 lardan ham yomonroq. 26.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-26T18:50+0500
2023-01-26T18:50+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
ukraina
germaniya
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21536957_0:168:3045:1881_1920x0_80_0_0_3a3e15c611b14a69b3ef53fe5bf0e785.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. G‘arb Ukrainaga yetkazib berayotgan "Abrams" va "Leopard" tanklari xususiyatlari jihatidan Rossiyaning T-80 laridan ham yomonroq. Bu haqda Venadagi harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov ta’kidladi.Chorshanba kuni Germaniya hukumati Germaniyaning "Leopard 2" tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qilganini e’lon qildi. Germaniya ikkita tank batalonini tuzmoqchi, birinchi bosqichda Bundesver zaxirasidan 14 ta tank taqdim etiladi. Bundan tashqari, yaqin orada ukrainalik harbiylarni Germaniyada o‘qitish tashkil etiladi. 14 ta tank va treningdan tashqari, Ukraina uchun Germaniyaning yangi yordam paketi logistika, o‘q-dorilar va tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.Chorshanba kuni Oq uy ham Ukrainaga 31 ta "M1 Abrams" tankini jo‘natish niyatini tasdiqladi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, mashinalarni yetkazib berish uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Berlinning Ukrainaga tanklarni yuborish haqidagi qarorini “o‘ta xavfli” deb atadi. Uning fikricha, bu “mojaroni qarama-qarshilikning yangi darajasiga ko‘taradi”.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21536957_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_b6a073a9c14aecde64edb6e9a72b51fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, germaniya, aqsh, rossiya
dunyoda, ukraina, germaniya, aqsh, rossiya
Rossiyalik diplomat "Abrams" va "Leopard" tanklarini T-80 bilan solishtirdi
18:50 26.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Konstantin Gavrilovning so‘zlariga ko‘ra, "Abrams" va "Leopard" unchalik farq qilmaydi, ular hatto Rossiyaning T-80 lardan ham yomonroq.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. G‘arb Ukrainaga yetkazib berayotgan "Abrams" va "Leopard" tanklari xususiyatlari jihatidan Rossiyaning T-80 laridan ham yomonroq. Bu haqda Venadagi harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov ta’kidladi.
“Tanklar xuddi qurol bilan ta’minlangan oddiy qutilar. Abrams va Leopard unchalik farq qilmaydi, ular hatto bizning T-80 lardan ham yomonroq, buni harbiylar biladi”, - dedi Gavrilov.
Chorshanba kuni Germaniya hukumati Germaniyaning "Leopard 2" tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qilganini e’lon qildi. Germaniya ikkita tank batalonini tuzmoqchi, birinchi bosqichda Bundesver zaxirasidan 14 ta tank taqdim etiladi. Bundan tashqari, yaqin orada ukrainalik harbiylarni Germaniyada o‘qitish tashkil etiladi. 14 ta tank va treningdan tashqari, Ukraina uchun Germaniyaning yangi yordam paketi logistika, o‘q-dorilar va tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Chorshanba kuni Oq uy ham Ukrainaga 31 ta "M1 Abrams" tankini jo‘natish niyatini tasdiqladi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, mashinalarni yetkazib berish uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.
Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Berlinning Ukrainaga tanklarni yuborish haqidagi qarorini “o‘ta xavfli”
deb atadi. Uning fikricha, bu “mojaroni qarama-qarshilikning yangi darajasiga ko‘taradi”.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.