O‘zbekiston va Qirg‘iziston do‘stligi aks etgan arxiv suratlar
O‘zbekiston va Qirg‘iziston do‘stligi aks etgan arxiv suratlar
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik fototasmasida SSSR davrida Qirg‘iziston va O‘zbekistonning san’at sohasidagi hamkorligiga oid arxiv suratlar jamlandi. 26.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
Sovet davrida ikki respublika, jumladan, madaniyat sohasida ham yaqin hamkorlik qilgan. Masalan, 1918-yilda Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatriga asos solingan.O‘zbekistonda 1969-yil sentabr oyida Qirg‘izistonning birinchi dekadasi, oradan bir yil o‘tib esa Qirg‘iziston SSRda qo‘shni respublika adabiyoti va san’ati dekadasi bo‘lib o‘tdi.Toshkentda 1966-yil 26-aprel kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida boshpanasiz qolgan fuqarolarga butun Sovet Ittifoqi yordamga keldi. Qirg‘iziston o‘shanda poytaxtda 7 ta panel uy va bolalar bog‘chasi qurgan. Shu sababli dekada ikki xalqning chinakam do‘stlik va qardoshlik bayramiga aylandi.
Sputnik fototasmasida SSSR davrida Qirg‘iziston va O‘zbekistonning san’at sohasidagi hamkorligiga oid arxiv suratlar jamlandi.
Sovet davrida ikki respublika, jumladan, madaniyat sohasida ham yaqin hamkorlik qilgan. Masalan, 1918-yilda Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatriga asos solingan.
O‘zbekistonda 1969-yil sentabr oyida Qirg‘izistonning birinchi dekadasi, oradan bir yil o‘tib esa Qirg‘iziston SSRda qo‘shni respublika adabiyoti va san’ati dekadasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 1966-yil 26-aprel kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida boshpanasiz qolgan fuqarolarga butun Sovet Ittifoqi yordamga keldi. Qirg‘iziston o‘shanda poytaxtda 7 ta panel uy va bolalar bog‘chasi qurgan. Shu sababli dekada ikki xalqning chinakam do‘stlik va qardoshlik bayramiga aylandi.
Qirg‘iziston Davlat opera va balet teatri solisti Bulat Minjilkiyev O‘zbekiston SSR qirg‘iz adabiyoti va san’ati dekadasining ochilish marosimidagi chiqishi. 1969-yil, Toshkent.
Qirg‘iziston SSRdagi O‘zbekiston SSR adabiyoti va san’ati dekadasi ishtirokchilari. O‘zbekiston SSR Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalq artisti A.Dilxonova O‘sh viloyati Sovet tumani chorvadorlari bilan suhbatda. 1970-yil.
“Surnay lazgisi” raqs suitasini “Lazgi” ansambli solistlari U.Xalmuhamedova, X.Fazova, T.G‘iyosov, A.Hoshimov ijro etmoqda. Opera va balet teatri, Frunze, 1970-yil.
O‘zbekiston SSR xalq artisti Bernara Qoriyeva va xizmat ko‘rsatgan artist V.Vasilev ijrosida “Oy nuri sonatasi”. Opera va balet teatri, Frunze, 1970-yil.