Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-yanvarning asosiy xabarlari

© Sputnik / Ivan Rodionov / Mediabankka o‘tishTanki T-72 narodnoy militsii DNR na doroge pod Volnovaxoy.
Tanki T-72 narodnoy militsii DNR na doroge pod Volnovaxoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari jangovar harakatlarning barcha yo‘nalishida intensiv harakatlarni kuchaytirdi. O‘tgan sutka davomida dushmanning yo‘q qilingan qurol-aslahasi soni oshdi.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Rossiya Qurolli kuchlarining "G‘arb" guruhi artilleriyasi UQKning 14 va 92 mexanizatsiyalashgan brigadalarining Xarkov viloyatining Sinkovka, Timkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida to‘plangan kuchlariga zarba berdi. Zarba natijasida 20 dan ortiq ukrainalik harbiylar, zirhli jangovar mashina, pikap va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida DXRning Yampolovka aholi punkti, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 25-havo-desant va 95-havo-desant brigadalari bo‘linmalariga zarba berildi. Natijada dushmanning 70 tagacha harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi va yaralandi, ikkita zirhli jangovar mashina va AQShda ishlab chiqilgan M-777 artilleriya tizimi yo‘l qilindi.
Dones yo‘nalishida Rossi QKning "Janub" qo‘shinlar guruhi yangi va qulay pozitsiyalarni egalladi. DXRning Konstantinovka aholi punkti hududida UQKning artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi, 40 dan ortiq Ukraina harbiy xizmatchilari, bitta BMP, ikkita "Grad" reaktiv tizimi hamda AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita D-20 va "Giatsint-B" gaubitsalari, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AT/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarlar yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlar guruhi DXRning Zaporojye viloyatining Pavlovka va Levadnoe aholi punktlari hamda DXRning Ugledar hududlarida dushmanga zarba berdi. Natijada 60 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, DXRning Ugledar, Chervonoe va Kanserovka aholi punktlari hududlarida harbiy texnika uchun yoqilg‘i saqlanadigan ikkita ombor va UQKning artilleriya o‘q-dorilari saqlanadigan uchta ombor yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida batareyaga qarshi janglar doirasida uchta D-20 gaubitsasi, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-37 va AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi. Shuningdek, Xerson viloyatining Dudchaniy, Tokarevka va Dnepropetrovsk viloyati Chervonogrigorivka aholi punktlari hududlarida UQKning o‘q-dorilari saqlanadigan to‘rtta omborga zarba berildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya o‘tgan sutka davomida 119 ta hududda joylashgan 83 ta artilleriya bo‘linmasiga zarba berdi. Nikolayev viloyatining Ochakov shahri yaqinida S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Kosmik-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti DXRning Andreyevka qishlog‘i yaqinida va Ugledar yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining ikkita Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Havo mudofaa tizimi LXRning Kremennaya, Jitlovka, Novokrasnyanka, DXRning Nikolskoe, Zaporoje viloyatining Novoprokopovka va Dorojnyanka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 8ta uchuvchisiz apparati, "Olxa", "Uragan" va HIMARS ko‘p raketa tizimlarining 7 ta raketasi urib tushirildi. Xerson viloyatining Kostogrizovo qishlog‘i yaqinida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan "HARM" antiradar raketasi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan Ukraina Qurolli kuchlari jami 379 ta samolyot, 204 ta vertolot, 2956 ta uchuvchisiz uchish apparati, 402 ta zenit-raketa tizimi, 7634 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 990 ta ko‘p martalik jangovar mashinalar raketa tizimlari, 3921 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8180 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0