https://oz.sputniknews.uz/20230126/markaziy-bank-asosiy-stavkani-yillik-15-foiz-darajasida-saqlab-qoldi-31725120.html
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi
Sputnik O‘zbekiston
Asosiy stavkaning joriy darajasi iqtisodiyotda nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish uchun yetarli, deb baholanmoqda.
2023-01-26T15:18+0500
2023-01-26T15:18+0500
2023-01-26T15:18+0500
iqtisod
markaziy bank
asosiy stavka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_0:183:2990:1865_1920x0_80_0_0_4e50f0450d8e611368ed019e87d54d85.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun bank boshqaruvi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan.Ta’kidlanishicha, 2022-yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi Markaziy bankning oktabr oyidagi prognozlariga mos bo‘lib, 5,7 foizni tashkil etgan.Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 16-martga belgilangan.Oxirgi marta Markaziy bank o‘tgan yil iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 16 foizdan 15 foizgacha pasaytirgandi. Shunday keyin asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_5045f590b8cebb4950772b3f5317f365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank asosiy stavka
markaziy bank asosiy stavka
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi
Bugun bank boshqaruvi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun bank boshqaruvi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan.
“Asosiy stavkaning joriy darajasi iqtisodiyotda nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish uchun yetarli, deb baholanmoqda. Iqtisodiy vaziyatning rivojlanib borishi va fiskal siyosat xususiyatidan kelib chiqib, kelgusi choraklarda talab va taklifni muvozanatlashtirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurati yuzaga kelishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2022-yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi Markaziy bankning oktabr oyidagi prognozlariga mos bo‘lib, 5,7 foizni tashkil etgan.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 16-martga belgilangan.
Oxirgi marta Markaziy bank o‘tgan yil iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 16 foizdan 15 foizgacha
pasaytirgandi. Shunday keyin asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.