Mahallalardagi tibbiyot punktlari tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan - SSV

© Sog‘liqni saqlash vazirligiTibbiy punktlar
Tibbiy punktlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu tibbiy punktlar bemorlarning statsionar davolanishiga emas, balki ularga birlamchi tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Mahallalarga o‘rnatilayotgan tibbiyot punktlari tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur muassasalar barcha zarur dori-darmonlar, kerakli tibbiy buyumlar, jumladan, EKG va 18 turdagi tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlar bilan ta’minlanadi.
Ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha ishlovchi ikki koykali “kichik shifoxona”da umumiy amaliyot shifokori va 2 nafar hamshira aholiga mobil tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

“Bunday mahalla tibbiyot punktlari dispanser nazoratida turgan keksalar, homilador ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda oilaviy shifokorga katta yengillik beradi. Fuqarolarning esa oddiy ko‘riklar uchun o‘z hududidagi poliklinikaga qatnashiga zarurat qoldirmaydi. Chunki ular poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli uylari yoniga o‘rnatiladi”, - deyiladi xabarda.

Bu kichik muassasalarga elektr energiya va suv tarmoqlari tortilib, issiq hamda sovuq kunlarda havo mo‘’tadilligini ta’minlovchi moslamalar o‘rnatiladi.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, bu tibbiy punktlar bemorlarning statsionar davolanishiga emas, balki ularga birlamchi tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Toshkentdagi mahallalarda tibbiyot punktlari ish boshlashi haqida ma’lum qilingan edi. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Rahmonovning qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi 40 ta mahallaga o‘rnatilgan konteynerlarda tibbiyot punktlari tashkil etilishi belgilangan.
Buning uchun 900 million so‘m mablag‘ ajratiladi. Yil davomida shahar bo‘ylab jami 170 ta konteyner o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0