https://oz.sputniknews.uz/20230126/ekspert-zelenskiyning-samolyotlar-haqidagi-iltimoslari-ortida-kim-turganini-aytdi-31750646.html
Ekspert Zelenskiyning samolyotlar haqidagi “iltimos”lari ortida kim turganini aytdi
Ekspert Zelenskiyning samolyotlar haqidagi “iltimos”lari ortida kim turganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Leonkov: Zelenskiy mustaqil emas, uning qurollar borasidagi iltimoslari ortida AQSh turibdi. 26.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-26T20:52+0500
2023-01-26T20:52+0500
2023-01-26T20:52+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30965258_0:380:2175:1603_1920x0_80_0_0_e5f01136bf4ff562e9c4630f7c9058d6.jpg
TOShKENT, 26 yanv – Sputnik Vladimir Zelenskiyning G‘arbning tanklar bilan ta’minlashga qaroridan keyin raketa va samolyotlar yetkazib berishi haqidagi iltimoslari Vashington tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra sodir bo‘lmoqda, deydi harbiy ekspert Aleksey Leonkov RIA Novosti agentligiga.Avvalroq Zelenskiy NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bo‘lgan suhbatda Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazilishi zarurligi va Kiyevga samolyotlar kerakligini aytgan edi. Ukraina mudofaa vaziri yordamchisi Yuriy Sakning aniqlik kiritishicha, aynan qiruvchi samolyotlar kerak. Bunga qadar "Hill" nashri Zelenskiy AQShning Qrimga hujum qilish uchun texnikalar yetkazib berishga tayyor emasligidan norozi, deb yozgan edi.Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Qrimni qaytarish haqidagi va shunga o‘xshash bayonotlar ham ushbu standart bo‘yicha va “Vashington obkomi”da unga o‘rnatilgan paradigma doirasida aytilgan.Uning eslatishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ramshteyn-8 uchrashuvida AQSh mudofaa vaziri G‘arb texnikasini yetkazib berish evaziga Ukraina armiyasi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishsa, masalan, Qrimga quruqlik yo‘lagini kesib tashlasa, yaxshi bo‘lardi, deb ta’kidlagan. “Tushunarliki, Zelenskiy bunga og‘ib, darhol ha, biz yorib o‘tamiz, ammo bizga samolyotlar, raketalar, yana artilleriya beringlar, degan bayonot bilan chiqadi”,- deydi ekspert.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/16/30965258_0:315:1977:1798_1920x0_80_0_0_8f62d9213659e7f66aebb9217b9986ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, g‘arb
dunyoda, ukraina, aqsh, g‘arb
Ekspert Zelenskiyning samolyotlar haqidagi “iltimos”lari ortida kim turganini aytdi
Ekspert Leonkov: Zelenskiy mustaqil emas, uning qurollar borasidagi iltimoslari ortida AQSh turibdi.
TOShKENT, 26 yanv – Sputnik Vladimir Zelenskiyning G‘arbning tanklar bilan ta’minlashga qaroridan keyin raketa va samolyotlar yetkazib berishi haqidagi iltimoslari Vashington tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra sodir bo‘lmoqda,
deydi harbiy ekspert Aleksey Leonkov RIA Novosti agentligiga.
Avvalroq Zelenskiy NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bo‘lgan suhbatda Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazilishi zarurligi va Kiyevga samolyotlar kerakligini aytgan edi. Ukraina mudofaa vaziri yordamchisi Yuriy Sakning aniqlik kiritishicha, aynan qiruvchi samolyotlar kerak. Bunga qadar "Hill" nashri Zelenskiy AQShning Qrimga hujum qilish uchun texnikalar yetkazib berishga tayyor emasligidan norozi, deb yozgan edi.
“Zelenskiyning barcha bayonotlari – uning mustaqil fikrlari va xulosalari emas. Ular AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarining qarorlariga bog‘liq. Agar Vashingtonda qurol yetkazish haqida qaror yo‘q bo‘lsa, Zelenskiy noliydi, o‘tinib so‘raydi, tahdid qiladi. Qaror qabul qilinsa, u yanada ko‘proq so‘rashni boshlaydi”, - deydi Leonkov
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Qrimni qaytarish haqidagi va shunga o‘xshash bayonotlar ham ushbu standart bo‘yicha va “Vashington obkomi”da unga o‘rnatilgan paradigma doirasida aytilgan.
Uning eslatishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ramshteyn-8 uchrashuvida AQSh mudofaa vaziri G‘arb texnikasini yetkazib berish evaziga Ukraina armiyasi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishsa, masalan, Qrimga quruqlik yo‘lagini kesib tashlasa, yaxshi bo‘lardi, deb ta’kidlagan. “Tushunarliki, Zelenskiy bunga og‘ib, darhol ha, biz yorib o‘tamiz, ammo bizga samolyotlar, raketalar, yana artilleriya beringlar, degan bayonot bilan chiqadi”,- deydi ekspert.
“Agar AQSh “biz Qrimni qaytarmaymiz” deb chiqsa, Zelenskiy ham “Qrimni qaytarmaymiz, boshqa natijalarga erishamiz” deb chiqadi. Chunki dum itni qimirlatmaydi, it dumni qimirlatadi”, - deydi mutaxassis.