Dunyo boshqa Ukrainaning ham ovozini eshitishi kerak - Medvedchuk

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve
Zasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Viktor Medvedchuk Kiyev siyosatiga rozi bo‘lmagan ukrainaliklar harakatini yaratish niyatida. Uning aytishiga ko‘ra, bunday kishilar soni Ukraina ichida va tashqarisida ham juda ko‘p.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Ukrainada prezident Vladimir Zelenskiyning yo‘nalishiga rozi bo‘lmagan odamlar bor, ular bir harakatga birlashishi kerak, dedi ukrainalik muxolif siyosatchi Viktor Medvedchuk RT telekanaliga bergan intervyusida.

"Rossiyada ham, Ukrainada ham, G‘arbda ham boshqa Ukrainaning ovozini eshitishlari kerak. Aslida Ukraina Zelenskiy taqdim etayotganidek "yaxlit" emas. Bu "yaxlitlik" nayzalar yordamida yaratilgan. Ukraina xalqi "Rossiyaga qarshi jazava va rusofobiya" qarashlarda yakdil ekani haqiqatga mos kelmaydi", - dedi Medvedchuk.

Siyosatchining ta’kidlashicha, bugungi kunda Ukrainaning kelajagi qanday bo‘lishi haqida emas, balki ukrainaliklarning kelajagi haqida savol qo‘yilishi kerak, "chunki bugun, aslida Ukraina mavjud emas": mamlakat hukumati mustaqil, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat maqomiga javob bermaydi.
Ukraina 2014-yildan so‘ng G‘arbning to‘liq nazorati ostiga o‘tgan va suverenitetini yo‘qotgan, deya ta’kidladi muxolifatchi.
"Biz odamlarni birlashtirib ularning fikrini aniqlashtirsak, negadir ishonchim komilki, bu pozitsiya hokimiyatga, Zelenskiyga qarshi bo‘ladi. Bu butunlay boshqacha harakat bo‘ladi va Ukraina Zelenskiy va uning jinoiy rejimini qo‘llab-quvvatlashda yaxlit ekanligini inkor etadi”, — dedi Medvedchuk.
Siyosatchining aytishiga ko‘ra, Zelenskiy harakatlaridan norozi bo‘lgan Ukraina, Rossiya va Yevropada yashayotgan millionlab ukrainaliklarni aniqlash va yagona g‘oyalar ostida birlashtirish kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy uni siyosatchi sifatida yo‘q qilishga harakat qilmoqda, Ukrainada unga nisbatan bir necha sud ishlari ochilgan.

"Ukraina militaristik bo‘lishni to‘xtatsa va neonatsizm mafkurasidan uzoqlashsagina kelajakka ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, butun G‘arbni Rossiyaga qarshi qo‘yish uchun mamlakatni harbiy poligonga aylantirgan Zelenskiy siyosatiga chek qo‘yish kerak", - deya xulosa qildi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada Medvedchukka qarshi jinoiy ishlar, jumladan, davlatga xiyonat va terrorizmni targ‘ib qilish moddalari bo‘yicha ham qo‘zg‘atilgan. Zelenskiy siyosatchini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi, Oliy Rada esa uning deputatlik mandatini qaytarib oldi. 2022-yil aprel oyida Medvedchuk prezident buyrug‘i bilan hibsga olingan, keyinroq u mahbuslar almashinuvi doirasida Rossiya tomoniga topshirilgan. Medvedchukning o‘zi ham unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy tergovlarni siyosiy ta’qib, deb hisoblaydi.
To‘liq intervyu bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0