Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sifatli ta’lim qachon boshlanishi ma’lum qilindi

© PulatovYangi avlod darsliklari
Yangi avlod darsliklari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov sifatli darsliklar va sifatli ta’lim qachon boshlanishi haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Shu yilning sentabr oyidan maktab o‘quvchilari dars mashg‘ulotlarini yangi darsliklar bilan boshlaydi. Bu haqda prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sifatli darsliklar, sifatli ta’lim sentabr oyidan boshlanadi.

“Tayyorgarlikka 4-yil vaqt ketdi. Katta sinflar uchun ham harakat boshlangan. Albatta, bu oson ish emas. Duo qilib turasiz. Bizga hozir qo‘llov kerak!”, - deb yozadi u o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishgan edi. Qayd etilishicha, yangi avlod darsliklari bo‘yicha respublika bo‘yicha 14 ta tajriba maktablari tanlab olindi. Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarda yangi darsliklar bo‘yicha ta’limni olib borish rejalashtirilgan.
Mazkur maktablar misolida mamaklatdagi barcha o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalar uchun texnik va infratuzilma standartlari ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0