https://oz.sputniknews.uz/20230125/ukraina-jang-maydoni-abramslar-va-leopardlar-raqobati-qanday-yakun-topadi-31706507.html
Ukraina jang maydoni: “Abramslar” va “Leopardlar” raqobati qanday yakun topadi
Ukraina jang maydoni: “Abramslar” va “Leopardlar” raqobati qanday yakun topadi
Sputnik O‘zbekiston
"Leopard II" tanklarining Kiyevga yetkazilishi - AQSh boshchiligida Yevropadagi harbiy vaziyatni keskinlashtirishning rejalashtirilgan bosqichidir. Dushmanlar va... 25.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-25T21:33+0500
2023-01-25T21:33+0500
2023-01-25T21:33+0500
kolumnistlar
ukraina
aqsh
germaniya
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31441808_0:141:2750:1688_1920x0_80_0_0_d956d6dd0f74355ad53a33189f3bd478.jpg
O‘zining ta’magir siyosiy maqsadlariga erishish uchun Vashington Ukrainani ham, NATO mamlakatlarining ham qurbonlik qilishga tayyor. Barcha Yevropa yetakchilari ham AQSh manfaatlarini yo‘lida o‘zini halok qilmoqchi emas. Ikkilanayotganlarni ancha ishontirishga va majburlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan voqealar ufqida yadroviy urush ehtimoli ham ko‘rinayotir.Kiyev rejimi donor mamlakatlarining 20-yanvar kuni Ramshtayn aviabazasida bo‘lgan muvaffaqiyatsiz uchrashuvidan so‘ng amerikaliklar baribir Germaniyani ko‘ndirishdi, NATO birdamligidagi teshiklar bartaraf etildi.Bugun Varshava Kiyevga Polsha qo‘shinlari parkidan nemis "Leopard" tanklarini yuborishga ruxsat so‘rab rasman murojaat qildi. Albatta, Berlin uchinchi marta ham (so‘nggi 110-yilda ) Yevropani aqlsizlarcha urush yoqasiga olib borishga tayyor. Va yaqinda Germaniyaning "Leopard" tanklariga ega bo‘lgan mamlakatlar reeksport uchun ham ruxsat oladi.G‘arblik mutaxassislarning baholariga ko‘ra, Ukraina harbiylari bahordayoq "Leopard"lardan harbiy harakatlarda foydalanishi mumkin. Kiyev mahalliy qarshi hujum ko‘rsatish uchun 300 tadan kam bo‘lmagan NATO tanklarini, oxirigacha jon saqlash esa Yevropaning 13 ta mamlakatidan 2000 ta “Leopard” talab qilmoqda. "Leopard" tanklarining Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida ko‘payishi ortidan NATO ekipajlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi ehtimoli ham ortib boradi. O‘z tomonidan Vashington ham “Drang nach Osten” loyihasini mustahkamlash uchun Amerikaning "M1A2 Abrams" tanklari bilan Kiyev rejimini ta’minlashini istisno etmadi.Xarajatlar, xavflar va ustuvorliklarG‘arblik mutaxassislarning baholariga ko‘ra, 300 ta ishlatilgan "Leopard" tanklarini jangovar shaylikka keltirish uchun “uch oydan olti oygacha” vaqt kerak bo‘ladi. UQK tankchilarini ko‘paytirish va bo‘linmalarni texnik jihatdan ta’minlash ham ikki-uch oylar kerak bo‘ladi. "Leopard 2", "M1 Abrams", "Chellenjer" tanklari “g‘arbcha loyihalashtirish falsafasi” doirasida yaratilgan, shu sababli boshqarishda, qurol sifatida foydalanishda va xizmat ko‘rsatish uchun juda murakkab hisoblanadi. Ular ancha yirik va og‘ir (75 tonnagacha), Rossiyadagi xuddi shunday tanklardan qurolni qo‘lda yuklash va to‘rt kishilik ekipaji bilan farq qiladi."Leopard II" asosiy jangovar tanki 1979-yildan buyon qurolli kuchlar safida, bir necha marotaba modernizatsiya qilingan. Bortida 120 mmli pushka, zamonaviy optika (teplovizor, lazerli uzoqni o‘lchagich), an’anaviy dizel dvigateli va bitta to‘ldirishda yurish masofasi taxminan 300 km.Ukraina qabul qilib oladigan alohida tank batalonlarining yakuniy ro‘yxati siyosiy omillar va mamlakatlarning o‘z zirhli texnikalarining harbiy yo‘qotishlarini (obro‘-e’tiborga putur yetishi)ni qanchalik “boshdan o‘tkazish”iga bog‘liq bo‘ladi. Bu borada Britaniya va Fransiya "Challenger" va "Leclerc" “kichik seriyali” tanklari bilan taqdim etilgan bo‘lsa, Germaniya Amerikadan ko‘proq tavakkal qilmoqda. Ukrainada yonib kul bo‘lgan “Leopard”lar "Rheinmetall" konserni mahsulotlarini xalqaro bozordan chiqarib yuborishi va Yevropa armiyalarida Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollarni Amerika harbiy-sanoat kompleksi mahsulotlari bilan almashtirishni tezlashtirishi mumkin. AQSh tanklarini Yevropa davlatlariga yetkazib berish ularning Vashingtonga harbiy-siyosiy qaramligini kuchaytiradi va Berlin ta’sirini susaytiradi. Biroq bu muammolar Moskvaning kollektiv G‘arb tajovuzlariga javob berishi fonida tez orada yo‘qoladi.Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov kuni kecha Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi urush endi gibrid emas, balki deyarli “haqiqiy” ekanini aytdi. Ya’ni Britaniyaning "Daily Mail" nashriga ko‘ra, Yevropani “bir radioaktiv qabristonga aylantirishi mumkin”. Shu kuni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakili Dmitriy Polyanskiy shunday dedi: “Ukrainaga nafaqat qurol yetkazib berilmoqda, balki bu qurollarni saqlash uchun mutaxassislar ham bor”, “NATO Ukrainada haqiqatda jang qilmoqda va AQSh Ukraina qo‘shinlarini “operativ rejalashtirishda bevosita ishtirok etadi”. Yevropa qo‘shinlari Rossiyaga bostirib kirishga hozirlik ko‘rmoqda.23 yanvar kuni RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov maxsus harbiy operatsiyaning o‘ziga xos xususiyatini ta’kidladi: “Harbiy harakatlarning bunday darajasi va intensivligini hozirgi Rossiya hali ko‘rmagan edi. Bizning mamlakatimizga va uning Qurolli Kuchlariga bugunga kelib deyarli butun G‘arb qarshi turibdi”.Va baribir, so‘nggi yetmish yillik voqealar shuni tasdiqlaydiki, AQSh va NATO Ukrainada Vyetnam (Afg‘oniston, Iroq, Suriya)dagi halokatlarini takrorlashi muqarrar.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31441808_157:0:2594:1828_1920x0_80_0_0_2146c176e3eb784fb87288e4446352af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, ukraina, aqsh, germaniya, qurol-yarog‘
kolumnistlar, ukraina, aqsh, germaniya, qurol-yarog‘
Ukraina jang maydoni: “Abramslar” va “Leopardlar” raqobati qanday yakun topadi
"Leopard II" tanklarining Kiyevga yetkazilishi - AQSh boshchiligida Yevropadagi harbiy vaziyatni keskinlashtirishning rejalashtirilgan bosqichidir. Dushmanlar va ittifoqchilarni zaiflashtirish orqali “Amerika ustunligi”ni qayta tiklash bo‘yicha global loyihaning bir qismi hisoblanadi.
O‘zining ta’magir siyosiy maqsadlariga erishish uchun Vashington Ukrainani ham, NATO mamlakatlarining ham qurbonlik qilishga tayyor. Barcha Yevropa yetakchilari ham AQSh manfaatlarini yo‘lida o‘zini halok qilmoqchi emas. Ikkilanayotganlarni ancha ishontirishga va majburlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan voqealar ufqida yadroviy urush ehtimoli ham ko‘rinayotir.
AQSh davlat departamenti vakili Ned Prays 24-yanvar kuni yaqin vaqtda Berlinning Ukrainaga yetkazadigan tanklari haqida yangi ma’lumotlarni ma’lum qilishini aytdi. Aniqrog‘i, “Leopardlar” yechimini bungacha Germaniyaning mudofaa vaziri Boris Pistorius ham va’da bergan edi. Germaniyaning "Rheinmetall" konserni Kiyev rejimiga 139 ta "Leopard 2" tanklari yuborilishi ehtimolini tasdiqladi.
Kiyev rejimi donor mamlakatlarining 20-yanvar kuni Ramshtayn aviabazasida bo‘lgan muvaffaqiyatsiz uchrashuvidan so‘ng amerikaliklar baribir Germaniyani ko‘ndirishdi, NATO birdamligidagi teshiklar bartaraf etildi.
Bugun Varshava Kiyevga Polsha qo‘shinlari parkidan nemis "Leopard" tanklarini yuborishga ruxsat so‘rab rasman murojaat qildi. Albatta, Berlin uchinchi marta ham (so‘nggi 110-yilda ) Yevropani aqlsizlarcha urush yoqasiga olib borishga tayyor. Va yaqinda Germaniyaning "Leopard" tanklariga ega bo‘lgan mamlakatlar reeksport uchun ham ruxsat oladi.
YeI Rossiya bilan urushni qo‘llab-quvvatlamoqda: o‘tgan yilda Kiyevga 49 mlrd yevrolik harbiy (moliyaviy) yordam berdi va yaqin vaqtda yana 3,6 mlrd yevro ajratmoqchi. Urushga hattoki Yevropaning tinchlik jamg‘armasi ham homiylik qilmoqda.
G‘arblik mutaxassislarning baholariga ko‘ra, Ukraina harbiylari bahordayoq "Leopard"lardan harbiy harakatlarda foydalanishi mumkin. Kiyev mahalliy qarshi hujum ko‘rsatish uchun 300 tadan kam bo‘lmagan NATO tanklarini, oxirigacha jon saqlash esa Yevropaning 13 ta mamlakatidan 2000 ta “Leopard” talab qilmoqda. "Leopard" tanklarining Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida ko‘payishi ortidan NATO ekipajlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi ehtimoli ham ortib boradi. O‘z tomonidan Vashington ham “Drang nach Osten” loyihasini mustahkamlash uchun Amerikaning "M1A2 Abrams" tanklari bilan Kiyev rejimini ta’minlashini istisno etmadi.
Xarajatlar, xavflar va ustuvorliklar
G‘arblik mutaxassislarning baholariga ko‘ra, 300 ta ishlatilgan "Leopard" tanklarini jangovar shaylikka keltirish uchun “uch oydan olti oygacha” vaqt kerak bo‘ladi. UQK tankchilarini ko‘paytirish va bo‘linmalarni texnik jihatdan ta’minlash ham ikki-uch oylar kerak bo‘ladi. "Leopard 2", "M1 Abrams", "Chellenjer" tanklari “g‘arbcha loyihalashtirish falsafasi” doirasida yaratilgan, shu sababli boshqarishda, qurol sifatida foydalanishda va xizmat ko‘rsatish uchun juda murakkab hisoblanadi. Ular ancha yirik va og‘ir (75 tonnagacha), Rossiyadagi xuddi shunday tanklardan qurolni qo‘lda yuklash va to‘rt kishilik ekipaji bilan farq qiladi.
"Leopard II" asosiy jangovar tanki 1979-yildan buyon qurolli kuchlar safida, bir necha marotaba modernizatsiya qilingan. Bortida 120 mmli pushka, zamonaviy optika (teplovizor, lazerli uzoqni o‘lchagich), an’anaviy dizel dvigateli va bitta to‘ldirishda yurish masofasi taxminan 300 km.
55 tonnalik nemis “yirtqichi”ning asosiy raqibi - og‘irligi taxminan 70 tonna bo‘lgan Amerikada ishlab chiqariladigan "M1 Abrams" tanki deyarli bir vaqtning o‘zida yaratilgan. "Abrams" gaz turbinasi dvigateli juda ochko‘z (100 km uchun 800 litr samolyot yoqilg‘isi) va “parvozlararo” xizmat ko‘rsatishni talab qiladi. Amerikaning "Military Watch" nashri shunday ta’kidlaydi: “Abrams" tanklari ancha katta urush uchun g‘amlab qo‘yilgan”.
Ukraina qabul qilib oladigan alohida tank batalonlarining yakuniy ro‘yxati siyosiy omillar va mamlakatlarning o‘z zirhli texnikalarining harbiy yo‘qotishlarini (obro‘-e’tiborga putur yetishi)ni qanchalik “boshdan o‘tkazish”iga bog‘liq bo‘ladi. Bu borada Britaniya va Fransiya "Challenger" va "Leclerc" “kichik seriyali” tanklari bilan taqdim etilgan bo‘lsa, Germaniya Amerikadan ko‘proq tavakkal qilmoqda. Ukrainada yonib kul bo‘lgan “Leopard”lar "Rheinmetall" konserni mahsulotlarini xalqaro bozordan chiqarib yuborishi va Yevropa armiyalarida Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollarni Amerika harbiy-sanoat kompleksi mahsulotlari bilan almashtirishni tezlashtirishi mumkin.
AQSh tanklarini Yevropa davlatlariga yetkazib berish ularning Vashingtonga harbiy-siyosiy qaramligini kuchaytiradi va Berlin ta’sirini susaytiradi. Biroq bu muammolar Moskvaning kollektiv G‘arb tajovuzlariga javob berishi fonida tez orada yo‘qoladi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov kuni kecha Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi urush endi gibrid emas, balki deyarli “haqiqiy” ekanini aytdi. Ya’ni Britaniyaning "Daily Mail" nashriga ko‘ra, Yevropani “bir radioaktiv qabristonga aylantirishi mumkin”. Shu kuni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi vakili Dmitriy Polyanskiy shunday dedi: “Ukrainaga nafaqat qurol yetkazib berilmoqda, balki bu qurollarni saqlash uchun mutaxassislar ham bor”, “NATO Ukrainada haqiqatda jang qilmoqda va AQSh Ukraina qo‘shinlarini “operativ rejalashtirishda bevosita ishtirok etadi”. Yevropa qo‘shinlari Rossiyaga bostirib kirishga hozirlik ko‘rmoqda.
23 yanvar kuni RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov maxsus harbiy operatsiyaning o‘ziga xos xususiyatini ta’kidladi: “Harbiy harakatlarning bunday darajasi va intensivligini hozirgi Rossiya hali ko‘rmagan edi. Bizning mamlakatimizga va uning Qurolli Kuchlariga bugunga kelib deyarli butun G‘arb qarshi turibdi”.
Va baribir, so‘nggi yetmish yillik voqealar shuni tasdiqlaydiki, AQSh va NATO Ukrainada Vyetnam (Afg‘oniston, Iroq, Suriya)dagi halokatlarini takrorlashi muqarrar.