O‘rmon xo‘jaligida adashib qolgan ayiq bolasi reabilitatsiya markaziga topshirildi - foto

© Tabiat resurslari vazirligi Qo‘ng‘ir ayiq
Qo‘ng‘ir ayiq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Ayiq bolasi veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatida joylashgan “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan yolg‘iz yurgan bir bosh ayiq bolasi topildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Qizil kitobiga kiritilgan Tan-Shan qo‘ng‘ir ayiq turiga mansub bo‘lgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishdan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.
© Tabiat resurslari vazirligi Qo‘ng‘ir ayiq
Qo‘ng‘ir ayiq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Qo‘ng‘ir ayiq
Qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bo‘lishi hamda brakonyerlar ovlashi ehtimoli yuqori ekanligi inobatga olinib, ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda. U yerda ayiq veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi va vaqtincha saqlab turiladi.
© Tabiat resurslari vazirligi Qo‘ng‘ir ayiq
Qo‘ng‘ir ayiq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Qo‘ng‘ir ayiq
Bahor fasli boshida ayiq bolasini “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligidagi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0