Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 25-yanvarning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie DNR na blokpostu radom s territoriyey zavoda "Azovstal" v Mariupole.
Voyennoslujashie DNR na blokpostu radom s territoriyey zavoda Azovstal v Mariupole. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya Ukrainada olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Masutovka, Kupansk, Granikovka, shuningdek, LXRning Novoselovskoe aholi punktlarida joylashgan UQKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga artilleriya va aviatsiya zarbalari berildi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Olshana, Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlarida UQKning yettita qo‘poruvchi razvedka guruhining harakatlarining oldi olindi. Bir sutkada bu yo‘nalishda 90 nafardan ziyod ukrain harbiylari, 3 ta zirhli mashina, avtomobil va 2 ta Germaniyada ishlab chiqarilgan “Panzerhaubitze 2000” o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida LXRning Stelmaxovka, DXRning Serebrankava va Yampolovka aholi punktlarida UQKning 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari 95-havo hujumi brigadalari va 125-hududiy mudofaa brigadasiga zarbalar berildi. natijada 20 nafardan ziyod ukrain harbiylari, 3 ta zirhli jangovar mashina hamda 4 ta o‘ziyurar gaubitsa yo‘q qilindi: Germaniyada ishlab chiqilgan "Panzerhaubitze 2000", Polshada ishlab chiqilgan "Krab" hamda "Msta-S" va "Gvozdika".
Donesk yo‘nalishida muvaqqiyatli hujumkor harakatlar davom ettirildi va DXRning Zaliznyanskoe, Dubovo-Vasilevka, Seversk va Pobeda aholi punktlarida dushmanga zarba berildi. Shuningdek, DXRning Razliv va Konstantinovka aholi punktlaridagi UQKning 2 ta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi. Bu yo‘nalishda dushman bir sutkada 60 nafargacha yo‘qotishlariga duch keldi. Qolaversa, zirhli mashina, 2 ta pikap va “Msta-B” gaubitsasi yakson qilindi.
Zaporojye yo‘nalishidagi hujum operatsiyalari chog‘ida Sharqiy harbiy okrug bo‘linmalari yanada qulay mudofaa chiziqlari va pozitsiyalarni egallab olishdi. Bir sutkada 60 nafar ukrain harbiylari, 23 ta tank, 2 ta zirhli jangovar mashina, avtomobil va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida Xerson viloyatining Dneprana aholi punkti hududida dushmanning qo‘poruvchi razvedka guruhining Dnepr darosining chap qirg‘og‘iga o‘tishga bo‘lgan urinishining oldi olindi. Shuningdek, Nikolayevkada dushmanning Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi zaxiralari yo‘q qilindi. 30 nafargacha ukrain harbiylari, 3 ta qayiq va 2 ta piyodaning jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Rossiya Kosmik-havo kuchlari DXRning Slavansk shahri hududida Ukrainaning Su-27 samolyotini urib tushirdi. Zaporojye viloyatining Novodarovka aholi punkti hududida Ukraina havo kuchlarining Mi-8 vertoloti urib tushirildi. Shuningdek, bir sutka davomida 4 ta ukrain uchuvchisiz uchar qurilmasi yo‘q qilindi. Qolaversa, Zaporojye viloyatining Pologi va Tarasovka aholi punktlari hududida HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi tizimining 4 ta reaktiv snaradi tutib qolindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 377 ta samolyot, 204 ta vertolot, 2948 ta uchuvchisiz uchar qurilma, 402 ta zenit-raketa tizimi, 7627 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 988 ta zalp bilan o‘t ochuvchi tizimning jangovar reaktiv mashinasi, 3906 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8171 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0