https://oz.sputniknews.uz/20230125/energiya-tejovchi-materiallar-31703640.html
Energiya tejovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravarga oshdi
Energiya tejovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravarga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Kelayotgan ikki yil ichida issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi yana oshirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda 3 ta korxona qurilmoqda. 25.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-25T17:49+0500
2023-01-25T17:49+0500
2023-01-25T17:49+0500
iqtisod
qurilish
qurilish vazirligi
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31704118_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8ae6d8676cb764a6bb7fc034921ea4cd.jpg
TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil davomida energiya tejovchi, issiqliq saqlovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravarga oshdi. Bu haqida "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetovga asosan Sputnik muxbiri ma’lum qilmoqda.Shuningdek, 2022-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga jami 12,4 mln dollarlik issiqik saqlovchi qurilish materiallari eksport qilingan.Bugungi kunda O‘zbekistonda bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 83 ming tonnani tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda eng yirik sanoat korxonasi Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, uning yillik quvvati 35 ming tonnaga teng.2022 yilda Toshkent shahrida yiliga 30 ming tonna bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona foydalanishga topshirildi.2023–2024 yillarda uyushma mas’ulligida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 63,1 mln dollar bo‘lgan 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalar Andijon, Navoiy va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Mazkur investitsiya loyihalari ishga tushirilgach yiliga 95 ming tonna qo‘shimcha quvvat yaratiladi.O‘zbekistondagi ayrim uylarning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladiMa’lumot uchun, gazobeton, bazalt plitalari va shisha momig‘i kabi issiqlik saqlovchi materiallar dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng foydalaniladi. O‘zbekistonda issiqlik saqlovchi materialining uch xili, ya’ni bazalt toshi, shisha momig‘i va penopleks turlaridan keng foydalaniladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/19/31704118_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_97bd1962f4217ae716ba93d1e0b4d89b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, qurilish, qurilish vazirligi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
iqtisod, qurilish, qurilish vazirligi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Energiya tejovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravarga oshdi
Kelayotgan ikki yil ichida issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi yana oshirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda 3 ta korxona qurilmoqda.
TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil davomida energiya tejovchi, issiqliq saqlovchi materiallar ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravarga oshdi.
Bu haqida "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetovga asosan
Sputnik muxbiri ma’lum qilmoqda.
Xususan, 2016-yilda respublikada 17 ming tonna issiqlik saqlovchi qurilish materiali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 43 ming tonnani tashkil etdi, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, 2022-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga jami 12,4 mln dollarlik issiqik saqlovchi qurilish materiallari eksport qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 83 ming tonnani tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda eng yirik sanoat korxonasi Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, uning yillik quvvati 35 ming tonnaga teng.
2022 yilda Toshkent shahrida yiliga 30 ming tonna bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona foydalanishga topshirildi.
2023–2024 yillarda uyushma mas’ulligida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 63,1 mln dollar bo‘lgan 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalar Andijon, Navoiy va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Mazkur investitsiya loyihalari ishga tushirilgach yiliga 95 ming tonna qo‘shimcha quvvat yaratiladi.
Ma’lumot uchun, gazobeton, bazalt plitalari va shisha momig‘i kabi issiqlik saqlovchi materiallar dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng foydalaniladi. O‘zbekistonda issiqlik saqlovchi materialining uch xili, ya’ni bazalt toshi, shisha momig‘i va penopleks turlaridan keng foydalaniladi.