Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi burosini tark etmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFextovanie. Chempionat mira. Vtoroy den
Fextovanie. Chempionat mira. Vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Usmonov uni “nafaqaga chiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan” Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi burosi a’zoligidan ozod etishini so‘rab ariza yozgan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvi burosi a’zoligidan ozod qilishni so‘rab ariza yozdi. Bu haqda RIA Novosti ittifoqdagi manbasiga tayangan holda xabar berdi.

“Bizda Usmonovning tegishli bayonoti bor”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Unda, xususan, tadbirkor “nafaqaga chiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan "buro a’zoligidan ozod qilishni so‘ragani ko‘rsatilgan”, deya qo‘shimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0