https://oz.sputniknews.uz/20230124/transyoglar-istemolini-butunlay-taqiqlash-vaqti-keldi--jsst--31668677.html
Transog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
Transog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
Sputnik O‘zbekiston
Transog‘lar lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. 24.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-24T14:57+0500
2023-01-24T14:57+0500
2023-01-24T17:05+0500
dunyoda
jsst
tedros adxanom gebreyesus
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/275/11/2751131_0:544:2675:2048_1920x0_80_0_0_0d9607d6c24c44aa722324699ce09181.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta ko‘z yumishiga sanoat yo‘li bilan ishlab chiqariladigan transog‘lar sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, shu bois Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 2021-yildan boshlab faqat 100 gramm yog‘ tarkibida 2 grammdan kam transog‘lar bo‘lgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.Daniyada esa sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan transog‘larga 20-yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.Tahlillarga ko‘ra, transog‘larni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.Tarkibida palma moyi bo‘lgan mahsulotlar ustidan nazorat kuchaytiriladiEslatib o‘tamiz, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/275/11/2751131_0:42:2675:2048_1920x0_80_0_0_2b4f1b61ea91bbd32ad4cb7987cb7447.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jsst, tedros adxanom gebreyesus , salomatlik
dunyoda, jsst, tedros adxanom gebreyesus , salomatlik
Transog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi – JSST
14:57 24.01.2023 (yangilandi: 17:05 24.01.2023) Transog‘lar lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta ko‘z yumishiga sanoat yo‘li bilan ishlab chiqariladigan transog‘lar sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, shu bois Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 2021-yildan boshlab faqat 100 gramm yog‘ tarkibida 2 grammdan kam transog‘lar bo‘lgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.
Daniyada esa sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan transog‘larga 20-yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.
“Transog‘lar inson o‘limiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalardir. Shunday ekan, ularning iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz”, deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.
Tahlillarga ko‘ra, transog‘larni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida transog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi.