MV tank va "Terminator" ishtirokida jang lavhasini ko‘rsatdi - video

Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi BMPT "Terminator" himoyasi ostida Rossiya tanki Ukraina hujumchi bo‘linmasini to‘xtatishi aks etgan kadrlarni chop etdi.
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Rossiya armiyasining razvedka xizmati dron yordamida o‘rmon massivida zirhli mashina va BMPlarda tezkor harakatlanib kelayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmasini aniqlashdi.
Ularga qarama-qarshi yo‘nalishda tank va uni himoya qilish uchun "Terminator" BMPT tanklarni himoya qilish zirhli mashinasi yo‘lga chiqdi.
"Terminator" Ukraina Qurolli kuchlarining oldinga siljib kelayotgan jangarilariga qarata o‘t ochdi, Harbiylar esa hujum qilotgan dushmanni yon tomonidan aylanib o‘tishdi va uning zirhli texnikasiga qarata o‘t ochdi.
Jangda Ukraina BMPsi va tanki va bir necha harbiylari yo‘q qilindi, tirik qolganlar qochib ketishdi.
Boyevaya mashina podderjki tankov (BMPT) Terminator  - Sputnik O‘zbekiston
BMPT "Terminator"

Rossiyaning "Terminator" tanklarni qo‘llab-quvvatlovchi jangova mashinasi - yangi turdagi zirhli mashina bo‘lib, maxsus operatsiya doirasida o‘zini yaxshi namoyish qildi.

"Terminator" kichik bashnya va avtomatik to‘p bilan jihozlangan bo‘lib u 2 km masofadagi nishonlarni, jumladan, havodagi nishonlarni ham yo‘q qila oladi.

Undan tashqari BMPT 6 km masofaga zarba beruvchi raketalar, tanklarni yo‘q qiluvchi snaradlar bilan ham jihozlangan.

Shu bilan birga "Terminator" eng zamonaviy himoya - "Relikt" zirhiga ega.

BMPT tankka nisbatan yengil va harakatchan, qurollanish bobida esa tankka deyarli teng.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0