https://oz.sputniknews.uz/20230124/tadbirkorlar-xiyobonlari-paydo-boladi-31673386.html
“Tadbirkorlar xiyobonlari” paydo bo‘ladi
“Tadbirkorlar xiyobonlari” paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda "B2B" tadbirlari va "kovorking" faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi.
2023-01-24T19:40+0500
2023-01-24T19:40+0500
2023-01-24T19:40+0500
jamiyat
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14950868_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_bc8bb1987255d1b9f8b8aa01f7dc865e.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududlarida “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil etiladi. Bu prezident 23-yanvar kuni imzolagan “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.Xiyobonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to‘langan a’zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari hamda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.Tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda "B2B" tadbirlari va "kovorking" faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi.Faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi.Xiyobonlardagi bino-inshootlar palataning hududiy boshqarmalari balansiga o‘tkazib beriladi.Biznesni tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron yuritiladiPalata Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2 oy muddatda hududlarda bo‘sh turgan, samarasiz ishlatilayotgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari negizida respublika hududlarida xiyobonlar tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14950868_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a94d90c03931ea59f8d213001945f35d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkorlar xiyobonlari
“Tadbirkorlar xiyobonlari” paydo bo‘ladi
Xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish va "kovorking" faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hududlarida “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil etiladi. Bu prezident 23-yanvar kuni imzolagan “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda
nazarda tutilgan. Xiyobonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to‘langan a’zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari hamda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.
Tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda "B2B" tadbirlari va "kovorking" faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi.
Faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi.
Xiyobonlardagi bino-inshootlar palataning hududiy boshqarmalari balansiga o‘tkazib beriladi.
Palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2 oy muddatda hududlarda bo‘sh turgan, samarasiz ishlatilayotgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari negizida respublika hududlarida xiyobonlar tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.