Rossiya Esvatinining Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qadrlaydi – Lavrov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Esvatini qirolligi Afrika qit’asidagi eng kichik davlatlardan biri bo‘lib, 2018-yilgacha mamlakat Svazilend qirolligi deb atalgan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiya BMTda Ukraina masalasini ko‘rib chiqishda Esvatini qirolligining mas’uliyatli va muvozanatli pozitsiyasini qadrlaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Shubhasiz, biz Esvatinining BMTda Ukraina mavzusi va unga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatli va muvozanatli pozitsiyasini yuqori baholaymiz. Biz afrikalik do‘stlarimizning har qanday mojarolarni, jumladan, Ukrainadagi mavjud vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdorligini juda yaxshi tushunamiz”, - dedi Lavrov Esvatini qirolligi tashqi ishlar vaziri Txuli Dladla bilan muzokaradan so‘ng.

Esvatini qirolligi Afrika qit’asidagi eng kichik davlatlardan biri bo‘lib, 2018-yilgacha mamlakat Svazilend qirolligi deb atalgan. Janubda, g‘arbda va shimolda Janubiy Afrika, sharqda Mozambik bilan chegaradosh.
2022 yil 24-fevralidan buyon Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0