Namanganda xizmat olib borayotgan YPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

CC0 / pexels / Novorojdenniy
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Hozir dunyoga kelgan qizaloqning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Namangan viloyatida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati (YPX) mashinasida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lining 20 kilometrida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati YHXB YPX 5-safarbarlik guruhi xodimlari oldiga yo‘l chetida to‘xtab turgan "Cobalt" avtomashinasi ichidan ayol kishi tushib, kelinini tug‘ruqxonaga olib borishda yordam so‘ragan.
Ayolning ahvoli xizmat mashinasida yomonlashgan. Shunda xodimlar tez yordamni kutmay tug‘ruqxona tomon harakatni davom ettirgan.
Lekin chaqaloq manzilga yetib ulgurmay YPX avtomobilida dunyoga kelgan. Shifokorlar zudlik bilan ko‘rsatgan tibbiy yordam natijasida ona va qizchaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmagan.
Yangiliklar lentasi
0