Maxsus operatsiya: 24-yanvarning asosiy xabarlari
21:00 24.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya hududida uzunligi 800km bo‘lgan to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda. G‘arbdan yordam kutayotgan Ukraina QKga askarlar va o‘q-dori yetishmayapti.
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaga doir o‘tgan sutkaning asosiy xabarlari.
Mudofaa vazirligi bayonoti:
Kupansk yo‘nalishida G‘arbiy harbiy okrug aviatsiyasi va artilleriyasi Xarkov viloyatining Timkovka va Berestovoe aholi punktlari hududida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining 14-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 103-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalariga zarba berdi.
40 dan ortiq ukrainalik harbiylar, zirhli jangovar mashina va avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida Markaziy harbiy okrugi artilleriyachilari LXRning Chervonaya Dibrova va DXRning Serebranka aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKning 80 va 95-havo hujumi brigadalari bo‘linmalariga xarba berdi.
30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, beshta zirhli jangovar texnika, M-777 artilleriya tizimi va ikkita AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Janubiy harbiy okrug bo‘linmalari hujumi davom etdi. Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi DXRning Seversk aholi punkti hududida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining 25-havo-desant-zarba brigadasi bo‘linmalariga zarba berdi.
Dushmanning umumiy yo‘qotishlari 50 nafar harbiy xizmatchi, zirhli transport vositasi, ikkita pikap, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va "Msta-B" gaubitsasini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Sharqiy harbiy okrug bo‘linmalarining artilleriya zarbalari va faol harakatlari natijasida DXRning Prechistovka va Novoselka aholi punktlari hududlarida joylashagan UQKgtgsh 108-hududiy mudofaa brigadasining 25 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari, shuningdek, o‘ziyurar "Akatsiya" gaubitsasi, ikkita D-20 va D-30 gaubitsasi va uchta avtomashinasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, Xerson viloyatining Antonovka qishlog‘i yaqinida Havo-desant kuchlari AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radarini yo‘q qildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya DXRning Artemovsk va Novoukrainka aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKning 57-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti va artilleriya qurollari omboriga zarba berdi.
Shuningdek, 64 ta artilleriya bo‘linmalarining 102 ta hududda joylashgan o‘q otish pozitsiyalari, askaralri va harbiy texnikasiga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi Xarkov viloyatining Peski-Radkovskiy posolkasi hududida Ukrainaning Buk-M1 zenit-raketa majmuasining o‘ziyurar o‘q otish tizimini yo‘q qildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Novochervonoe, Zolotarevka, DXRning Nikolskoe, Zaporojye viloyatining Chubarevka, Ternovatoe, Mixaylovka va Xerson viloyatining Krinki, Vasilyevka, Novaya Kaxovka va Knyaz-Grigorovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning o‘nta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina QK jami 376 ta samolyot, 203 ta vertolot, 2944 ta uchuvchisiz uchish apparati, 402 ta zenit-raketa kompleksi, 7614 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 988 ta ko‘p raketali tizimlar, 3898 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8159 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.