Kiyev negadir o‘zaro hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzishni taklif qilmoqda – Lukashenko

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko vo vremya sovmestnoy s prezidentom RF Vladimirom Putinim press-konferensii po itogam vstrechi.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko vo vremya sovmestnoy s prezidentom RF Vladimirom Putinim press-konferensii po itogam vstrechi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev bir tomondan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim tuzishni taklif qilib, ikkinchi tomondan o‘z hududida dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan jangarilarni tayyorlamoqda. Ularga bu nima uchun kerak? Tushunarsiz - Lukashenko.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Kiyev Minskka Belarus qo‘shinlari Ukraina tomon harakat qilmasligi uchun hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim tuzishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb “Belarusga nisbatan o‘z rejalaridan voz kechmagan”, Ukrainada esa jangarilar va ekstremistlar tayyorlanishda davom etmoqda.

“Ukrainaliklar nega bunday qilishayotganini bilmayman. Bir tomondan ular bizdan hech qanday holatda Ukraina bilan urushmaslikni, qo‘shinlarimiz u yerga o‘tmasligini so‘rayapti. Hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim imzolashni taklif qilmoqda. Boshqa tomondan esa, ular bu portlovchi aralashmani tayyorlamoqda va ularni (jangarilarni - tahr.) qurollantirmoqda. Polsha, Litva, umuman olganda, aqldan ozgan. Ularga bu nima uchun kerak? Tushunarsiz”, - deydi Lukashenko.

Shuningdek, bir kun avval Lukashenko “Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning chegaradosh davlatlari qurolli tuzilmalari guruhi” Belarus chegarasi yaqinida to‘planganini aytgandi. Ta’kidlanishicha, ular taxminan 23,5 ming kishi, ulardan 17,2 ming nafari Ukraina va 3,7 ming nafari Polshadan.
Yangiliklar lentasi
0