Endi Toshkentdagi har bir mahalla o‘zining tibbiyot punktiga ega bo‘ladi

© UzAMeditsinskiy punkt
Meditsinskiy punkt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Shu yil oxirigacha Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi mahallalarda jami 170 ta tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkentdagi mahallalarda tibbiyot punktlari ish boshlaydi. Ushbu tibbiyot punktlari Zangiotadagi shifoxonalarda foydalanilgan konteynerlardan tashkil topadi. Bu Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, “Zangiota-1” va “Zangiota-2” shifoxonalari hududida avval o‘rnatilgan 40 ta konteynerni qayta jihozlash uchun 900 million so‘m ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar konteynerlarni ta’mirlash va kommunikatsiyalarni (suv ta’minoti, issiqlik, kanalizatsiya hamda elektr ta’minoti) yotqizish uchun sarflanadi.
Hujjatga ko‘ra, shu yil oxirigacha Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi mahallalarda jami 170 ta tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
Hozirda o‘rnatilgan konteynerlar qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Punktlar aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon vositalari bilan ta’minlanadi.
© Mirobod tumani "Baynalminal" mahallasiMeditsinskiy punkt
Meditsinskiy punkt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Meditsinskiy punkt
Tibbiyot punktlarida malakali shifokorlar va mutaxassislar o‘z faoliyatini olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0