Buxoroda dorivor qo‘ziqorinlar yetishtiruvchi yangi korxona ishga tushdi
20:07 24.01.2023 (yangilandi: 20:08 24.01.2023)
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiyaProizvodstvo BAD iz lekarstvennix gribov v Buxare
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiya
Obuna bo‘lish
Korxona dorivor qo‘ziqorinlar yetishtirish hamda ulardan biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Buxoro viloyatida saraton kasaliga davo sifatida foydalaniladigan qo‘ziqorinni yetishtirish bo‘yicha innovatsion loyiha ishga tushdi. Sputnik muxbiri maqolasida batafsil
Buxroning Romitan tumanida “Gold pharm mushrooms” MChJ korxonasi tomonidan qiymati 930 mln.so‘mlik yangi korxona ishga tushdi. Korxona Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan.
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiyaProizvodstvo BAD iz lekarstvennix gribov v Buxare
Proizvodstvo BAD iz lekarstvennix gribov v Buxare
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiya
Korxona MDH mamlakatlari orasida eng birinchisi va hozircha yagona bo‘lib, ushbu loyihani qurishda asosan Yaponiya tajribasi o‘rganilgan.
“Ushbu korxonada qo‘ziqorinning reyshi, trametes (rangli), shampinon, veshenka hamda geritsium turlari yetishtirilmoqda. Hozirda 30 ta ishchi o‘rni ta’minlangan bo‘lib, yiliga 5 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan. Korxona to‘liq zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan”, - deydi Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov.
“Mahsulotni katta qismini Rossiyaga eksport qilish rejamizda turibdi. Chunki Rossiyadan yapon metodiga asosan biz ishlab chiqarayotgan saratonga qarshi iste’mol uchun, immunitetni kuchaytiruvchi, ximiyaterapiya olinayotgan paytda inson organizmi uchun dorivor bo‘lgan qo‘ziqorinlarga katta talab bor. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham eksport aloqalarini yo‘lga qo‘yamiz”, dedi mutaxassis.
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiyaProizvodstvo BAD iz lekarstvennix gribov v Buxare
Proizvodstvo BAD iz lekarstvennix gribov v Buxare
© Foto predostavleno ministerstvom Innovatsionnogo razvitiya
Ma’lumot uchun, Reyshi qo‘ziqorini ekstrakti T-limfotsitlar va NK-hujayralari (tabiiy qotil hujayralar) ko‘payishini rag‘batlantiradi va faoliyatini yaxshilaydi. Kuchli immunostimulyator bo‘lib, qandli diabet, qon bosimi kasalliklarida qo‘shimcha davo sifatida tavsiya qilinadi.
Kelgusida korxonada kooperatsiya usulida uy sharoitida qo‘ziqorinning boshqa navlari ko‘paytiriladi, tabobat yo‘nalishida laboratoriyalarda foydalanish uchun, xorijdan keltiriladigan dorivor vositalarni mahalliy sharoitda qo‘llashda ham yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi.
“Loyihamizning asosiy bo‘g‘inlaridan biri uy sharoitida yetishtirish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish. Chunki qishloq hududlarida aholi xonadonlarida ishlatilmaydigan bo‘sh yerlar bo‘ladi, ana shulardan oqilona foydalanamiz, shu bilan birga, ishsizlarni zarur ish bilan ta’minlaymiz”, dedi Naimov.
Korxonada iste’mol qilinadigan qo‘ziqorinlarni qayta ishlovchi, xorij standartlari asosida qadoqlovchi, biologik aktiv qo‘shimchalar ishlash tarmog‘ini rivojlantiruvchi – qo‘ziqorin laboratoriyalari tashkil etiladi.
Bosqichma-bosqich farmatsevtika yo‘nalishida ham dorivor qo‘ziqorinlarni yetishtirish texnologiyasi ishga tushadi.