https://oz.sputniknews.uz/20230123/vengriya-31650810.html
Vengriya YeIning Rossiyaga qarshi yadro sohasidagi sanksiyalarini qo‘llamasligini ma’lum qildi
Vengriya YeIning Rossiyaga qarshi yadro sohasidagi sanksiyalarini qo‘llamasligini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya TIV rahbari Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlik cheklash mamlakat uchun katta zarar yetkazishi va uning energetika xavfsizligiga putur yetkazishi... 23.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-23T19:31+0500
2023-01-23T19:31+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
vengriya
yevropa ittifoqi
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/17/31650078_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_681a83ad8f141889ac3243a55f61c6f5.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlikni cheklovchi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.Vazirning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlik cheklash Vengriya uchun katta zarar yetkazishi va uning energetika xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lardi.“Men yadro energiyasi Vengriyani elektr bilan ta’minlash uchun zarurligini aniq qilib tushuntirdim”, - dedi Vengriya TIV rahbari.U Rossiya yadro yoqilg‘isidan foydalanuvchi “Paksh” AES mamlakatdagi elektr energiyasining yarmini ishlab chiqarishni ta’minlashini eslatdi.Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.Mavzuga oid:
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/17/31650078_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e6e988607d2c3c6f61c613bfff50b182.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, vengriya, yevropa ittifoqi, sanksiyalar, rossiya
Vengriya YeIning Rossiyaga qarshi yadro sohasidagi sanksiyalarini qo‘llamasligini ma’lum qildi
19:31 23.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Vengriya TIV rahbari Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlik cheklash mamlakat uchun katta zarar yetkazishi va uning energetika xavfsizligiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlikni cheklovchi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
“Vengriya Rossiya bilan yadro hamkorlikni biror bir tarzda cheklovchi har qanday sanksiya choralarini qo‘llab-quvvatlamaydi”, - dedi u jurnalistlar bilan suhbatda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti
iqtibos keltirgan.Vazirning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlik cheklash Vengriya uchun katta zarar yetkazishi va uning energetika xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lardi.
“Men yadro energiyasi Vengriyani elektr bilan ta’minlash uchun zarurligini aniq qilib tushuntirdim”, - dedi Vengriya TIV rahbari.
U Rossiya yadro yoqilg‘isidan foydalanuvchi “Paksh” AES mamlakatdagi elektr energiyasining yarmini ishlab chiqarishni ta’minlashini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.