Taniqli o‘zbek olimi Tolib Keldiyev vafot etdi

© Predstavitelstvo Rossotrudnichestva v Respublike UzbekistanTolib Tuxtasinovich Keldiyev - pedagoge, avtor mnogochislennix uchebnikov i uchebnix posobiy po russkomu yaziku, professor, chlen-korrespondent Rossiyskoy Akademii pedagogicheskix i sotsialnix nauk.
Tolib Tuxtasinovich Keldiyev - pedagoge, avtor mnogochislennix uchebnikov i uchebnix posobiy po russkomu yaziku, professor, chlen-korrespondent Rossiyskoy Akademii pedagogicheskix i sotsialnix nauk. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Taniqli filolog Tolib Keldiyev 1953-yilda Andijonda tug‘ilgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Taniqli tilshunos, rus tili bo‘yicha ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi Tolib Keldiyev vafot etdi. Bu haqda Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.

“Uning butun hayoti tanlagan ishiga cheksiz sadoqat va ilm-fanga xizmat qilishdan iborat. Bu iste’dodli shaxsning yorqin xotirasi qalblarimizda, nomi esa rus tilshunosligi tarixida abadiy qoladi”, - deyiladi xabarda.

Taniqli filolog, professor, Rossiya Pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Tolib Keldiyev 1953-yilda Andijonda tug‘ilgan.
U Andijon pedagogika institutini tamomlagan, maktabda, so‘ngra Toshkent xalq xo‘jaligi institutida ishlagan. 200 ga yaqin ilmiy-metodik ishlarning muallifi.
Yangiliklar lentasi
0