Savdo-sanoat palatasi vakolatlari kengaytirildi
© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
© Sputnik/Viktor Tolochko
Obuna bo‘lish
Savdo-sanoat palatasi faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga qo‘shimcha vakolatlar berildi. Bu prezident 23-yanvar kuni imzolagan “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorda ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan palataga quyidagi vakolatlar berildi:
Hukumatga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan yoki uni cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish;
palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish;
tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh vazirga kiritib borish;
O‘zbekiston Oliy Majlisi, prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalash;
tadbirkorlikni rivojlantirish, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillari va boshqa shaxslarni mukofotlarga tavsiya qilish.
Shuningdek, u mahalliy davlat hokimiyati va boshqa hududiy davlat organlariga hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan.
2023 yil 1-fevraldan boshlab mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda tekin qabul qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.