Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Putin: YeOII ko‘p qutbli dunyoning kuchli qutblaridan biriga aylanishi mumkin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining o‘sib borayotgan nufuzini qayd etdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) ko‘p qutbli dunyoning qudratli qutblaridan biri bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOIIga a’zo davlatlar rahbariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
“Shubhasiz, Ittifoqning shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyoning qudratli, mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan qutblaridan biri bo‘lish, qadriyatlarimizni baham ko‘radigan va YeOII mustaqil davlatlari bilan hamkorlik qilishga intilayotgan barcha uchun o‘ziga tortish markazi bo‘lishi uchun hamma imkoniyatlari mavjud”, - deyiladi Kreml saytida chop qilingan murojaatda.
Rossiya rahbari YeOII tashkil topgandan buyon ishonchli ravishda rivojlanayotgani, o‘zining samaradorligi va unga talab yuqori ekanini ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davrda ittifoqqa a’zo davlatlarning o‘zaro savdosining mutlaq hajmi 60 foizga oshdi va 2021-yilda tarixiy maksimum 73,1 milliard dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo hajmi 46 foizga o‘sib, 846,3 milliard dollarni tashkil etdi.
“Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 28,7 foizni tashkil etdi va milliy valyutadagi to‘lovlar ulushi 75 foizga yaqinlashdi”, - deya qayd etgan Putin.
Rossiya prezidenti, shuningdek, ittifoqning tashqi sheriklar bilan hamkorligi muhimligi va uchinchi davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarining ijobiy ta’sirini ta’kidladi.
Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi. Ularning soni 4,5 mingga yetdi.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni qaysi yo‘nalishlarda rivojlantirishga tayyor - Aripov
O‘zbekiston YeOII hamkorlarining eng kuchli o‘nligiga kirdi
O‘zbekiston va YeOII savdo-sotig‘i
Yangiliklar lentasi
0