Pentagon kuf-sufi va "Leopard"lar bilan raqs
21:52 23.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
© Sputnik / Stringer
/ Obuna bo‘lish
Pentagon Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida nemislarni Ukrainaga "Leopard 2" tanklarini yuborishga majburlash uchun hamma ishni qildi, lekin uddalay olmadi.
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. AQShning Yevropadagi ittifoqchilari "Kiyev" rejimiga tanklar yetkazib berish - bu qandaydir mavhum "qizil chiziq"ni kesib o‘tish emas, balkim Rossiya tomon yo‘naltirilgan jiddiy geosiyosiy chaqiriq ekanini yaxshi tushunishadi. Buning ehtimoliy oqibatlari Yevropa va alohida davlatlar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi tushunishadi. Shu sababli ham Berlin uxlayotgan sherning (muqarrar o‘limning) mo‘ylovidan tortishni istamayapti. Vashington bo‘lsa buni talab qilmoqda, chunki ularning dunyoda "yakkahokimlik" uchun kurashida Yevropa - shunchaki iste’mol mahsuloti.
Alyansning "Leopard"lar bilan raqslari bir haftadan buyon davom etmoqda. Oq uy va Pentagon yevropalik yo‘ldoshlarini turli uslublar bilan darhol Kiyevga tanklar jo‘natishga ko‘ndirmoqda (majburlamoqda). Shu bilan birga AQSh o‘zining "Abrams" tanklarini Ukrainaga yuborishga mutlaqo qarshi.
Xulosa shuki, AQSh Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga kirishishni istamaydi. "Leopard" yoki "Abrams" tanklarini yetkazib berish bu Rossiya bilan bevosita mojaroga kirishish hisoblanadi. Shunday ekan, bu halokatli ishga Yevropani ko‘ndirgan ma’qul va xavfsizroq. So‘nggi kunlarda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi "Ramshtayn" aviabazasida aynan shu ish bilan shug‘ullanmoqda.
U yerda 40dan ortiq donor mamlakatlar Kiyev rejimiga harbiy yordamning navbatdagi "to‘plami" ni muhokama qildilar. Vashingtonning asosiy maqsadi - "bosim o‘tkazish", Germaniyaning 13 ta mamlakatlardagi 2000 ta "Leopard" tanklarining kamida bir qismini Kiyevga yetkazib berish. Lekin bugungi kunga qadar - bu maqsad amalga oshmadi. Germaniya tanklariga ega bo‘lgan davlatlardan birortasi hozircha Germaniyaga tanklarni reeksport qilish uchun so‘rov yubormadi.
Oldinroq Britaniya, Fransiya va Polsha ham tanklarni yetkazib berishni tezlashtirishga harakat qilishgan edi. Ular ham o‘z ixtiyorida bo‘lgan AMX-10RC bronemashinalari, "Leopard 2" va "Challenger 2" tanklarini yetkazib berishni va’da berishgan, lekin hozircha bu reja amalga oshgani yo‘q.
Germaniya so‘nggi 110-yil ichida uchinchi marotaba Jahon urushini boshlashni istamaydi shekilli, shu sababli Vashingtonga noreal lekin haqli talab qo‘ymoqda - "Leopardlar" va "Abrams"larni bir vaqtda yetkazib berish.
Avvalroq Kiyevga kamida 100 ta NATO tanklari yetkzaib berish muhokama qilingan edi, ammo Kiyev jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirish uchun 300 ta tank talab qildi. Pentagon 19-yanvar kuni Kiyev rejimi uchun AQShning o‘ttizinchi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Umumiy miqdori $2,5 mlrd bo‘lgan yordam tarkibiga: 59 ta "Bradley" BMP, 90 ta "Stryker" BTR va 350 ta ko‘p maqsadli HMMWV avtomobillari yetkazib berish kiradi. Bu unchalik ko‘p emas, lekin Pentagon 20-yanvar kuni Ramshtayn bazasida undan ortig‘iga erisha olmadi.
UQK harbiy texnikasi yonish tezligi
Haftaning dastlabki natijalari: Daniya Ukrainaga Fransiyaning 19 ta "Caesar" to‘plari, Germaniya - 40 ta "Marder" BTRlari, Kanada yana 200 ta ancha eskirgan "Senator" BTRlari, Estoniya - FH-70 va D-30 gaubitsalari, Latviya "Stinger" qo‘l raketalari, ikkita Mi-17 vertolotlari, pulemotlar va uchuvchisiz apparatlari, Litva - L-70 zenit to‘plari va ikkita Mi-8 vertolotlari, Polsha - KRAB gaubitsalari va S-60 zenit to‘plari yetkazib beradi. Bular orasi hech qanday yangilik yo‘q. Vashington kutgan "ulkan siljish" amalga oshmadi. Demak Rossiyaning strategik, taktik va o‘t ochish bo‘yicha ustunligi hukm surayotgan reallikka qaytish vaqti keldi.
Maxsus operatsiyaning dastlabki 11 oyida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning 7580 ta zirhli texnikasini, jumladan, 2000 dan ortiq tanklarini yo‘q qilishdi. Bu oyiga o‘rtacha 700 ta degani. Bu NATO mamlakatlari uchun hech qanday yaxshi narsa va’da qilmaydi. "Leopard 2" Rossiyaning ko‘chma reaktiv moslamalari "Fagot" va "Kornet" oldida ham himoyasiz. 2016-yil dekabr oyida Suriyada Turkiya armiyasi 30 ta "Leopard"dan 10 tasini juda qisqa vaqt ichida yo‘qotgan edi.
Afg‘onistonda esa Kanada armiyasi 18 ta "Leopard"idan mahrum bo‘lgan edi. Zamonaviy NATO tanklari qanday g‘aroyib xususiyatli qurollar emas. Ularning jangovar xususiyatlari Rossiyaning T-80 va T-90 tanklaridan ko‘ra sustroq. Vashingtonning Ukrainaga nima qilib bo‘lsa ham 200-300 ta tank yetkazish istagi - ko‘proq noumidlik va mo‘’jizaga ishonishga o‘xshaydi.
Pentagon Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berish yordamida harbiy harakatlar maydonida ustunlikka erishish, "Kiyev rejimi uchun Zaporojye viloyatida oldinga siljish, Qrim chegaralariga yaqinlashish va yarim orolga zarba berish imkoni yaratish"ni orzu qilmoqda.
Albatta, tank batalonlari va brigadalari quruqlik qo‘shinlarining asosiy zarba beruvchi kuchi hisoblanadi. Ular yuqori manevrlik va o‘t ochish qobiliyatiga ega bo‘lgan kuchlar hisoblanadi va operatsiyaning yakuniy maqsadlariga qisqa vaqt ichida erisha olishi mumkin. Moskva ham bundan xabardor va NATO tanklarining bir joyda to‘planishiga imkon bermaydi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 19-yanvar kuni sayyoradagi agressiv qo‘shnilariga AQSh va NATOning Kiyev rejimiga amerikalik kuchlardan foydalangan holda Qrimga zarbalar uyushtirishda yordam berish qanchalik xavfli ekanligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va keskin ohangda eslatib qo‘ydi.
HIMARS va Bradley va boshqa har qanday qurol yordamida Qrim yarim oroliga zarba berish imkonini yaratish va AQsh va NATO uchun naqadar xavfli bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi. Dmitriy Medvedev ta’kidlashiga ko‘ra: "G‘arbning ongi rivojlanmagan siyosiy o‘yinchilari "Tinchlikka erishish uchun Rossiya yutqazishi kerak" deb takror va takror aytishmoqda, lekin yadroviy davlatning oddiy urushda yutqazishi, yadroviy urushning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ularning xayoliga kelmaydi".
Sergey Lavrov ham "G‘arbning imkon qadar xayolini joyiga keltirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidlagan edi.
Bunga AQSh Davlat departamenti juda tez va asabiy munosabat bildirdi. Ehtimol bunda ular o‘zlarini tanib olishgan.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling