Paxtaning kam suv talab qiluvchi navlari mahalliylashtiriladi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 23-yanvarya provel soveshanie po voprosam podderjki xlopkovodcheskoy otrasli.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-yanvarya provel soveshanie po voprosam podderjki xlopkovodcheskoy otrasli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Mineral o‘g‘itlar uchun bojxona solig‘i imtiyozlari yana 3-yilga uzaytiriladi, QQSni to‘lashda penyalarga ega bo‘lgan fermerlar undirilmaydi.
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-yanvar kuni paxta yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Majlisda paxtaning yangi navlarini yetishtirish hamda xorijiy birjalardagi kotirovkalar chop etib borilishi qayd etildi.
"Paxtachilik yo‘nalishidagi ilmiy institutlarni ishga solib, chet ellarda qo‘llanilayotgan unumdor va kam suv talab qiluvchi navlarni mahalliylashtirish zarurligi ta’kidlandi.

"Fuchers shartnomalarini soliq organlarining elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, endi Nyu-York birjasining o‘rtacha oylik fuchers kotirovkalari tahlili Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-saytida e’lon qilib boriladi", - deyiladi xabarda.

Undan tashqari, paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham aytib o‘tildi.
Xususan, paxta maydonlarini nasos bilan sug‘orish uchun ketgan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab berish, mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlarini yana 3-yilga uzaytirish va QQSni o‘z vaqtida to‘lamagan fermer xo‘jaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan chiqarilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kungacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha ishga tushirilib, 300 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0