Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 22-yanvarning asosiy voqealari

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis "Msta"
Mobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis Msta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda: Ukraina Qurolli kuchlari harbiy texnikasi tizimli yo‘q qilinmoqda, Zaporojye viloyatida hujum natijasida Rossiya armiyasi pozitsiyalarni egallab olishdi.
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Granikovka aholi punktlari, shuningdek LXRning Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi puntklari shimoliy chekkasida joylashgan UQKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga artilleriya va aviatsiya zarbalari berildi. Natijada 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, avtomobil va pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida LXRning Chervonaya Dibrova, Stelmaxovka, DXRning Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi va Yampolovka aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKning 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari 95, 80-havo hujumi brigadalari va 125-hududiy mudofaa brigadasiga zarbalar berildi. Natijada 80 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bitta BMP, beshta zirhli jangovar mashinasi va bir pikap yo‘q qilindi.
DXRning Vishnevoe va LXRning Nevskoe aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AT/TPQ-48 va AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida DXRning Razdolovka, Blagodatnoe, Krasnopole va Severnoe aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarbalar berildi. DXRning Antonovka aholi punkti hududida UQKning artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, shuningdek, D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalari amalga oshirildi va Sharqiy harbiy okrug bo‘linmalari yanada qulay mudofaa chiziqlari va pozitsiyalarni egallab olishdi.
DXRning Stepnogorsk, Zaporojye viloyati va Prechistovka aholi punktlari hududlarida 85 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BMP, ikkita zirhli jangovar mashina, bitta pikap, ikkita D-20 gaubitsasi va bitta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Preobrajenka posolkasi, Malinovka qishlog‘i hududida Ukraina Qurolli kuchlarining artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, Sadovoe qishlog‘i yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 aksilartilleriya radari yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya yordamida Zaporoje viloyati, Lejino aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 128-tog‘li hujum brigadasining qo‘mondonlik punktini yo‘q qilindi. Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining 74-artilleriya bo‘linmalari 119 ta tumanda o‘q otish pozitsiyalari, askarlari va harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimi DXRning Antonovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida LXRning Zmeyevka, Vladimirovka, Krasnorechenskoe, Yagodnoe, DXRning Urojaynoe, Novomayorskoe, Zaporojye viloyatining Priyutnoe va Ochakovskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 9 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatining Rabotino va Molochansk aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p raketa tizimining ikkita raketasi urib tushirildi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Stepnogorsk aholi punkti hududida Amerikaning "HARM" radarga qarshi raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 376 ta samolyot, 203 ta vertolot, 2931 ta uchuvchisiz uchish apparati, 401 ta zenit-raketa tizimi, 7601 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 985 ta ko‘p martalik jangovar transport vositalari, 3887ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8144 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0