Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev G‘arb qurollarini AES hududida saqlamoqda

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishRovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, Ukraina
Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi razvedka xizmati xabariga ko‘ra, Kiyev G‘arb tomonidan taqdim etilayotgan qurollarning eng muhimlarini AES hududida saqlamoqda.
TOShKENT, 23 Sputnik. Ukraina harbiylari G‘arb qurollarini atom elektr stansiyalari (AES) hududida joylashtirmoqda. Bu haqida Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ukraina qurolli kuchlari G‘arb tomonidan taqdim etilgan qurol va o‘q-dorilarni AESlar hududlarida saqlayotgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor. Bu Ukraina Qurolli kuchlari uchun HIMARS raketalari, shuningdek, yirik kalibrli artilleriya o‘q-dorilariga tegishli”, — dedi Tashqi razvedka xizmati rahbari.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, faqat dekabr oyining so‘nggi haftasida ana shunday “halokatli yuk”larning bir nechta vagoni chet eldan "Rafalovka" temir yo‘l stansiyasi orqali Rovno atom elektr stansiyasiga yetkazilgan.
Narishkinning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hukumati Rossiya yadroviy falokatdan qo‘rqib, AESlarga zarba bermasligiga umid qilmoqda.
Mabodo Ukraina havo hujumidan himoya tizimining biror "adashgan" raketasi AES omborlarda yirik portlashi oqibatda AES vayron bo‘lsa - buning uchun aybni har doim Moskvaga to‘nkash yuklash mumkin, deyiladi xabarda.
"Umid qilamanki, Kiyevda hech kim AQSh va uning ittifoqchilaridan ko‘proq qurol va o‘q-dorilar so‘rash umidida bunday omborlarni ataylab portlatish haqida o‘ylamaydi", - deya qo‘shimcha qildi xizmat direktori.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu usuldan ko‘pincha xalqaro terrorchilar foydalanadi. Shu bilan birga, ta’kidlanganidek, hozirda Kiyev rejimining garovga olinganlari oddiy fuqarolar emas, balki "o‘z mamlakati va qo‘shni davlatlarning o‘nlab va hatto yuz minglab aholisi"dir.
Ukraina harbiylari o‘tgan yilning mart oyidan beri Rossiya Qurolli kuchlari nazoratida bo‘lgan Energodar va shaharga tutash Zaporojye atom elektr stansiyasi hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, Kiyev rejimi yadroviy falokat tahdidi ko‘rinishini yaratishga harakat qilmoqda. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ZAES atrofida xavfsizlik zonasini yaratish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Kiyev nazorati ostida yana uchta AES bor. Ular - Rovno, Xmelniskiy va Janubiy Ukraina atom elektr stansiyalaridir.
Yangiliklar lentasi
0