Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘arb Rossiyani 1991-yildagi chegaralarga qaytarishni istaydi - Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Yegipet
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Yegipet  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainada uzoq vaqt davom etgan rus tili va rus madaniyatini yo‘q qilishga qaratilgan gibrid urush, endi haqiqiy urushga aylandi. Tinchlik muzokaralarini o‘tkazish - Ukraina prezidenti farmoni bilan taqiqlangan.
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. G‘arb Kiyevni Moskva bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazishdan to‘xtatib turibdi, ularning fikricha Ukraina "kuchli pozitsiya" bilan muzokaralarga kirishishi kerak va ularning maqsadi Rossiyani 1991-yildagi chegaralarga qaytarish, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janubiy Afrika respublikasiagi tashrifi davomida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa diplomatlari rahbari Jozep Borrel, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Amerika va YeI ma’muriyati ko‘pincha tinchlik borasida muzokaralar olib borishga hali erta ekanligini aytishmoqda.
"Biz bu vaziyatda ko‘proq joyni zabt etishimiz va kuchli pozitsiyadan muzokaralarni boshlashimiz kerak. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyani 1991-yilgi chegaralariga qaytarish kerakligini ta’kidlashmoqda", - deydi Lavrov.
Vazir aytishiga ko‘ra, Moskva muzokaralardan bosh tortmagan, ammo AQSh va uning ittifoqchilari tinchlik muzokaralarini qancha ortga surishsa, bu ziddiyatni hal qilish shunchalik mushkul bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning Rossiya bilan urushi allaqachon gibrid urush emas, deya qo‘shimcha qildi u.
"Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar haqida gapirganda, biz Ukrainada uzoq vaqt davom etgan, rus tili, rus madaniyatini yo‘q qilishga qaratilgan gibrid urush endi haqiqiy urushga aylandi", - dedi Lavrov.
Tashqi ishlar vaziri Ukraina prezidenti tomonidan o‘tgan yilning sentabr oyida Rossiya bilan muzokaralar olib borishni qonun bilan taqiqlab qo‘yganini ham esga oldi. Bu Ukraina tomonidan har qanday rasmiy yoki boshqa vositachilarning muzokara o‘tkazish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022-yil 24-fevralidan buyon boshlab Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra uning maqsadi Kiyev rejimi tomonidan 8-yil davomida genotsid va tahqirlashlarga duchor bo‘lgan aholini himoya qilish, Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan sharoitlar yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0