G‘arb kompaniyalarining aksariyati Rossiyani tark etmagan - iqtisodchilar

© Sputnik / Vladimir SergeyevFlagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi.
Flagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari firmalarining 9% dan kamrog‘i Rossiya bozorini tark etgan.
TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Rossiya bozorida faoliyat yuritgan Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari korxonalarining to‘qqiz foizdan kamrog‘i Rossiya bozorini tark etgan. Bu haqida shveysariyalik iqtisodchilar ma’lum qilishdi.
Sankt-Gallen universiteti professori Saymon Evenett va Lozannadagi Xalqaro menejmentni rivojlantirish instituti professori Nikkolo Pisani o‘tkazgan tadqiqotlarga natijasiga ko‘ra, ko‘plab G‘arb firmalari hukumatlar, ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar tomonidan Rossiyani tark etish talablarini bajarishdan bosh tortgan.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin Rossiyada YeI va va G7 davlatlaridan 2405 ta kompaniya va ularning 1404 ta sho‘’ba korxonalari biznes yuritgan. Noyabr oyining oxiriga kelib, ushbu korxonalardan 9 % dan kami o‘z biznesini qisman bo‘lsa-da sotgan.

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar orasida eng ko‘pi Germaniyaga tegishli - 19,5%, ikkinchi o‘rinda AQSh - 12,4 % va uchinchi o‘rinda Yaponiya - 7%.

G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0