Elektrdan qarzi bor iste’molchilar 27-yanvardan boshlab tarmoqdan uziladi

© Hududiy elektrtarmoqlari Toshkent shahar filialiElektr tarmoqlari
Elektr tarmoqlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
27 yanvardan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushiriladi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Joriy yilning 27-yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.

“Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda.

Qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni Energetika vazirligi sovuq kunlarda iste’molchilar elektr bo‘yicha qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmasligini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0