Butun Pokiston bo‘ylab elektr ta’minotida uzilish kuzatildi

© Pixabay / Here and now, unfortunately, ends my journey on Pixabay Lampochka na fone zeleni
Lampochka na fone zeleni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, milliy tarmoqdagi tizim chastotasi pasayib ketgan, bu esa elektr ta’minotida keng miqyosda uzilishga olib kelgan.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Bugun, 23-yanvar kuni butun Pokiston bo‘ylab elektr tarmog‘ida uzilishlar ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun ertalab soat 07:34 da milliy tarmoqdagi tizim chastotasi pasayib ketdi, bu esa elektr ta’minotida keng miqyosda uzilishga olib keldi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, Islomobod elektr ta’minoti kompaniyasi va Peshovar elektr ta’minoti kompaniyasiga qarashli bir qancha tarmoq stansiyalarida elektr ta’minoti tiklangan, mutasaddi tashkilotlar tomonidan elektr tarmoqlari stansiyalarini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Mamlakat energetika vaziri Xurrum Dastagirning ma’lum qilishicha, yoqilg‘i sarfini tejash maqsadida energiya bloklari qishda tunlari vaqtincha o‘chiriladi.
Yangiliklar lentasi
0