https://oz.sputniknews.uz/20230123/biz-ukrainaning-fuqarolik-infratuzilmasiga-zarba-bermayapmiz--lavrov--31649048.html
Biz Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz – Lavrov
Biz Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Biz fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz va buning uchun ko‘plab dalillar mavjud, deydi Lavrov. 23.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-23T18:46+0500
2023-01-23T18:46+0500
2023-04-05T18:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
sergey lavrov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/07/30554648_0:0:2971:1671_1920x0_80_0_0_3aa43f1e0320e5b6e5cd751840f902fd.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga yetkazilayotgan ziyon Kiyevning jinoiy harakatlari bilan bog‘liq, Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapti, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina infratuzilmasiga hujumlari 10-oktabrdan – Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktdan ikki kun o‘tib boshlandi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, teraktning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi. Zarbalar energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obyektlariga berilmoqda.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/07/30554648_219:0:2950:2048_1920x0_80_0_0_ab4fa2c1490ea3ba840fe71ccc50b985.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, sergey lavrov, rossiya
ukraina, sergey lavrov, rossiya
Biz Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz – Lavrov
18:46 23.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Biz fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz va buning uchun ko‘plab dalillar mavjud, deydi Lavrov.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga yetkazilayotgan ziyon Kiyevning jinoiy harakatlari bilan bog‘liq, Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapti, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Biz fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermayapmiz va buning uchun ko‘plab dalillar mavjud. Ukrainada fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilishi bo‘yicha sodir bo‘layotgan hamma narsa ko‘p oylardan buyon turar-joylarda og‘ir qurollar va havo hujumlaridan mudofaa tizimlarini maqsadli ravishda joylashtiradigan Kiyev rejimining jinoiy harakatlari bilan bog‘liq”, - dedi Lavrov Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina infratuzilmasiga hujumlari 10-oktabrdan – Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktdan ikki kun o‘tib boshlandi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, teraktning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi. Zarbalar energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obyektlariga berilmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.