https://oz.sputniknews.uz/20230122/medvedev-amerikaliklardan-bezor-bolganlarning-harbiy-alyansi-paydo-boladi-31632406.html
Medvedev: “amerikaliklardan bezor bo‘lganlarning” harbiy alyansi paydo bo‘ladi
Medvedev: “amerikaliklardan bezor bo‘lganlarning” harbiy alyansi paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ramshtayn uchrashuvi yuzasidan fikrlarini bildirdi. 22.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-22T19:23+0500
2023-01-22T19:23+0500
2023-01-22T19:23+0500
rossiya
dmitriy medvedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31579358_0:0:2855:1606_1920x0_80_0_0_14b938a7bf73c47f56717fee5f088668.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arb Rossiyani holdan toydirish yoki yo‘q qilishga noma’lum uzoq muddat urinishga tayyor. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.“Ramshtayndagi uchrashuv va Kiyevga og‘ir turdagi qurol-yarog‘ning ajratilishi shubha qoldirmaydiki, dushmanlarimiz noma’lum uzoq muddatga bizni holdan toydirishga, yaxshisi yo‘q qilishga urinishadi. Va ularning qurolli yetarli. Agar lozim bo‘lsa, yangisini ishlab chiqarishni boshlashadi”, - deya yozdi Medvedev Telegram-kanalida va xom xayolga berilmaslikka chaqirdi.U bundan ikkita xulosa chiqarishni taklif qildi. Birinchidan, bu unchalik oson bo‘lmaydi. Ikkinchidan, uzoqqa cho‘ziladigan mojaro holatida biror payt amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlaridan bezor bo‘lgan mamlakatlardan iborat yangi harbiy alyans paydo bo‘ladi.20 yanvar kuni Amerikaning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida 50 taga yaqin mamlakatlar mudofaa vazirlarining galdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Kiyevga yordam ko‘rsatish muhokama qilindi. Uning yakunlari yuzasidan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius shuni ma’lum qildiki, uchrashuvda Ukrainaga Germaniyaning “Leopard 2” tanklarini berish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.Avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib kelishidan ogohlantirgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31579358_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_7d18cf07c1925baf03cecd73e9299a89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, dmitriy medvedev
rossiya, dmitriy medvedev
Medvedev: “amerikaliklardan bezor bo‘lganlarning” harbiy alyansi paydo bo‘ladi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ramshtayn uchrashuvi yuzasidan fikrlarini bildirdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arb Rossiyani holdan toydirish yoki yo‘q qilishga noma’lum uzoq muddat urinishga tayyor. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.
“Ramshtayndagi uchrashuv va Kiyevga og‘ir turdagi qurol-yarog‘ning ajratilishi shubha qoldirmaydiki, dushmanlarimiz noma’lum uzoq muddatga bizni holdan toydirishga, yaxshisi yo‘q qilishga urinishadi. Va ularning qurolli yetarli. Agar lozim bo‘lsa, yangisini ishlab chiqarishni boshlashadi”, - deya
yozdi Medvedev Telegram-kanalida va xom xayolga berilmaslikka chaqirdi.
U bundan ikkita xulosa chiqarishni taklif qildi. Birinchidan, bu unchalik oson bo‘lmaydi. Ikkinchidan, uzoqqa cho‘ziladigan mojaro holatida biror payt amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlaridan bezor bo‘lgan mamlakatlardan iborat yangi harbiy alyans paydo bo‘ladi.
“Bu insoniyat tarixida uzoq urushlar chog‘ida hamisha ro‘y bergandi. O‘shanda Shtatlar qari kampir Yevropa va baxtiqaro ukrainlarning qoldiqlarini batamom tashlab ketishadi, dunyo esa yana tenglik holatida bo‘ladi. Agar, albatta, juda kech bo‘lmasa”, - deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi o‘rinbosari.
20 yanvar kuni Amerikaning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida 50 taga yaqin mamlakatlar mudofaa vazirlarining galdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Kiyevga yordam ko‘rsatish muhokama qilindi. Uning yakunlari yuzasidan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius shuni ma’lum qildiki, uchrashuvda Ukrainaga Germaniyaning “Leopard 2” tanklarini berish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib kelishidan
ogohlantirgandi.