Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bolalardagi adenoid kasalligini o‘z vaqtida davolamaslik nimalarga olib keladi

© Pexels / Polina TankilevitchRebenok boleyet
Rebenok boleyet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
Adenoid burun-halqum bo‘shlig‘ida joylashgan bodomsimon (murtak) bezning kattalashuvidir.
Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi alohida parvarishni talab etadi. Biroq ba’zan bu ishga mas’uliyat bilan yondashilsa-da, ularda shamollash yoki grippga chalinish holatlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida bu holat tez-tez takrorlanishi ota-onalarni tashvishga solishi aniq.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, yosh bolalarda ushbu holat ko‘pincha adenoid kasalligi sababli qaytalanadi.
“Adenoid – burun-halqum bo‘shlig‘ida joylashgan bodomsimon (murtak) bezning kattalashuvi, — deydi oliy toifali shifokor Ravshanbek Umarov. — Uning asosiy vazifasi tanani turli bakteriya va viruslardan himoyalashdir”.
Bu bez infeksiyalarga qarshi kurashish uchun ko‘plab immunitet hujayralari ishlab chiqarishi oqibatida kattalashib boradi. Virus yoki bakteriyalar yo‘qolishi bilan yana o‘z holiga qaytadi.
Bodomsimon bez to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydi. Uning kelib chiqishiga asosan turli yuqumli kasalliklar – qizamiq, difteriya, angina, gripp, kuchsiz immunitet va allergiyaga moyillik sabab bo‘ladi. Ba’zida irsiy omillar ham adenoid rivojlanishiga zamin yaratadi.
Kasallik paytida burun yo‘li berkilib, bola asosan og‘izdan nafas oladi. Bu esa organizmda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Tez-tez shamollash, holsizlik, uyqusizlik, hid bilish va eshitish qobiliyatining pasayishi, yutinish bilan bog‘liq muammolar, talaffuzdagi o‘zgarishlar, uxlaganda xurrak otish hamda yuqori jag‘ tishlarining noto‘g‘ri rivojlanishi ham adenoid alomatlari bo‘lishi mumkin.
Agar xastalik o‘z vaqtida davolanmasa, nafas olish funksiyasi va miyada qon aylanishi buziladi. Xotira zaiflashib, nevrologik va psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, kamqonlik, gaymorit, frontit kabi nafas yo‘llari kasalliklari, yiringli otit ham adenoid asoratlaridir.
Shu sababli bu kasallikka e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. Buning uchun o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish zarur
Yangiliklar lentasi
0