https://oz.sputniknews.uz/20230121/tomaris-izdoshlari-jamoaviy-guruhlar-tashkil-etiladi---unga-qanday-azo-bolish--mumkin-31619602.html
To‘maris izdoshlari jamoaviy guruhlar tashkil etiladi - unga qanday a’zo bo‘lish mumkin?
To‘maris izdoshlari jamoaviy guruhlar tashkil etiladi - unga qanday a’zo bo‘lish mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Jamoaviy guruh a’zolariga OTMga test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi. 21.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-21T14:51+0500
2023-01-21T14:51+0500
2023-01-21T14:51+0500
jamiyat
yangi qaror
xotin-qizlar
otm
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/15/31620063_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_80f9b196c49163d00e0e0a87f907398d.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda hukumat tomonidan qabul qilingan 21-sonli qarorda nazarda tutilgan.To‘maris izdoshlari jamoaviy guruhlari 1-iyundan Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida tashkil etiladi.Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.Guruhlar respublikaning barcha hududlarida 2 yoki 3 nafardan shakllantiriladi.Guruh a’zolari 1-yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.Tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ularni o‘qishga qabul qilish tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.Guruhlarga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlardan arizalar quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:Guruhlarga yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlar ko‘ngilli asosda jalb qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/15/31620063_121:0:1258:853_1920x0_80_0_0_f7c3f87429e66e44d1234d8ecdf9e234.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, xotin-qizlar, otm, iiv
jamiyat, yangi qaror, xotin-qizlar, otm, iiv
To‘maris izdoshlari jamoaviy guruhlar tashkil etiladi - unga qanday a’zo bo‘lish mumkin?
Jamoaviy guruh a’zolariga OTMga test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda hukumat tomonidan qabul qilingan 21-sonli qarorda
nazarda tutilgan. To‘maris izdoshlari jamoaviy guruhlari 1-iyundan Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida tashkil etiladi.
Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.
Guruhlar respublikaning barcha hududlarida 2 yoki 3 nafardan shakllantiriladi.
Guruh a’zolari 1-yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.
“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolariga OTMga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng test sinovlarisiz kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ularni o‘qishga qabul qilish tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.
Guruhlarga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlardan arizalar quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati;
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi.
Guruhlarga yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlar ko‘ngilli asosda jalb qilinadi.