Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tez asabiylashadigan odamlarda ruhiy jarohatlar bosh aylanishga sababchi bo‘ladi - tafsilotlar

© AndrewLozovyiPojiloy mujchina s golovnoy bolyu
Pojiloy mujchina s golovnoy bolyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Bosh aylanishining asosiy sabablari haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Tez asabiylashadigan odamlarda ruhiy jarohatlar bosh aylanishga sababchi bo‘ladi. Bunday holatlar psixogen bosh aylanish deb yuritiladi.
Psixogen bosh aylanishda bemor liftdan ko‘ra zinapoyadan ko‘tarilishni afzal ko‘radi. Aksariyat hollarda qo‘rquv va xavotir kuzatiladi.
Bemor faqat balandlikdan qaraganda emas, balki avtomobillar qatnovi tez bo‘lgan katta yo‘lga qaraganda ham bosh aylanishi paydo bo‘ladi yoki kuchayadi. Bunday holatlarda bemor katta tezlikda o‘tayotgan avtomobillarga qaramaslikka harakat qiladi yoki oyoqlarining ostiga qarab qadamlarini nazorat qilib yuradi.
Ana shunda bosh aylanishi kamayadi. Katta zallarda olib boriladigan majlislar yoki uzoq davom etuvchi darslarda ham bemorda bosh aylanishi avj oladi.
Talabalarda imtihonlarga berilib tayyorgarlik ko‘rish, ilmiy xodimlar va yozuvchilarning tinmay asarlar yozishi yoki har qanday sog‘lom odamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha aqliy zo‘riqishlar ham bosh aylanishiga turtki bo‘ladi.
Bosh aylanishning asosiy sabablari:
Ruhiy va hissiy zo‘riqishlar;
Dam olmay tinimsiz ishlash;
Bosh miya qon tomir kasalliklari, vegetativ distoniyalar, arterial qon bosimning oshib yoki tushib ketishi;
Surunkali kechuvchi kamqonlik (anemiyalar);
Yurak kasalliklari va ichki quloq kasalliklari.
Bosh aylanishi ko‘p hollarda yurak urib ketishi, holsizlanish, sovuq terga botish, quloqda shovqin paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, oyoqlarning titrashi bilan birga kuzatiladi.
Odatda, bu belgilar ruhiy zo‘riqishdan so‘ng kuchayadi. Bunday bemorlar balandlikdan qo‘rqishadi. Shuning uchun ham ular balkondan, baland ko‘prikdan yoki tomdan pastga qaramaslikka harakat qiladilar. Chunki bunday paytda bosh aylanishi kuchayadi.
Bosh aylanishi deyarli har doim qaysidir kasallik belgisi yoki ruhiy-hissiy zo‘riqishlar alomati hisoblanadi. Inson har qanday holatda ham vrach tavsiyasiga ko‘ra ish tutish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0