O‘zbekistonlik bokschilar OChda barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi - video

© O‘zbekiston boks federatsiyasi U 22 Osiyo chempionati
U 22 Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha U 22 Osiyo chempionatining bugungi kuni nokautlarga boy bo‘ldi - tafsilotlar.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Tailand poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha U 22 Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratmoqda. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Bugun U 22 Osiyo chempionati chorak finalida 7 nafar bokschi ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili muddatidan avval g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yana 2 nafar vakil to‘liq davom etgan jangda muvaffaqiyatga erishdi.
Shunday qilib musobaqada -63,5 kg vazn toifasida Shahboz Yunusaliyev indoneziyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi va 2-raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
Shuningdek, -67 kg vaznli bokschi Bekzod Hamidov chorak finalda mezbon tailandlik bokschiga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Nurislom Ismoilov (-71 kg vaznli) ham Kambodja vakilini 1-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdib jamoaga chiroyli g‘alabani taqdim etdi.
Saudiya Arabistoni vakiliga qarshi jang qilgan -75 kg vazn toifasidagi A’loxon Abdullayev 1-raunddayoq g‘alabaga erishdi.
Xitoylik bokschiga qarshi ringga ko‘tarilgan -92 kg vazn toifasidagi Nusratbek Tohirov 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
+92 kg vaznli Jahongir Zokirov tojikistonlik Asadbek Mannonovga qarshi ringga ko‘tarildi va 2-raundda raqibini mag‘lub etdi.
Shohjahon Abdullayev esa (-86 kg vazn toifasida) qozog‘istonlik raqibga qarshi ringga ko‘tarildi va 1-raunddayoq raqibini chuqur nokaut holatiga tushirdi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa yigitlar o‘rtasida 13 ta, qizlar o‘rtasida esa 11 ta vazn toifasida o‘tkazilmoqda. Bahslarda umumiy hisobda 149 nafar bokschi jang qiladi (shulardan 54 nafari qizlar, 95 nafari yigitlar). Musobaqa 26-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0