https://oz.sputniknews.uz/20230121/ozbekistonda-baa-bilan-hamkorlikda-zamonaviy-oqova-suv-tozalash-inshootlari-quriladi-31617172.html
O‘zbekistonda BAA bilan hamkorlikda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari quriladi
O‘zbekistonda BAA bilan hamkorlikda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Tabiat resurslari vazirligi BAA kompaniyasi bilan Surum oqova suv tozalash inshootini qurish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqiladigan... 21.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-21T10:20+0500
2023-01-21T10:20+0500
2023-01-21T10:20+0500
jamiyat
suv
baa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/25999671_0:0:3083:1734_1920x0_80_0_0_c0a725ee836cabf849828d2953501a47.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda BAA bilan hamkorlikda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari quriladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.Vazirlikda Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasining loyihalash boshqarmasi va maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Surum oqova suv tozalash inshootini qurish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslar muhokama qilindi.Qayd etilishicha, hozirda Toshkentdagi Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.Shuningdek, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yangi zamonaviy oqova tozalash stansiyasini qurish, Bektemir, Sergeli, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlari aholisi va sanoat korxonalaridan hosil bo‘layotgan oqova suvlarni tozalash, oqova tarmoqlari xizmati bilan qamrash uchun oqova suv tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.Uchrashuvda bu borada hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zsuvta’minot” va BAA kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan edi. Memarandum Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutadi.Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani "Surum" MFY hududida kunlik quvvati 1 million metr kubdan ziyod bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti quriladi.Yangi oqova suv inshootining birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi 400 mingdan ortiq aholi, korxona va tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan qamrab olinadi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/25999671_67:0:2798:2048_1920x0_80_0_0_859e612e65f82fd460bd3c627c2a1a3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, suv, baa
O‘zbekistonda BAA bilan hamkorlikda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari quriladi
Tabiat resurslari vazirligi BAA kompaniyasi bilan Surum oqova suv tozalash inshootini qurish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslar muhokama qilib oldi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda BAA bilan hamkorlikda zamonaviy oqova suv tozalash inshootlari quriladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi
xabar berdi. Vazirlikda Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasining loyihalash boshqarmasi va maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Surum oqova suv tozalash inshootini qurish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda Toshkentdagi Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yangi zamonaviy oqova tozalash stansiyasini qurish, Bektemir, Sergeli, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlari aholisi va sanoat korxonalaridan hosil bo‘layotgan oqova suvlarni tozalash, oqova tarmoqlari xizmati bilan qamrash uchun oqova suv tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
“Endilikda O‘zbekiston BAA kompaniyasining suv standartlarini aniqlashda texnik tadqiqotlar o‘tkazish va oqova suvlarni tozalash meyorlari bo‘yicha qo‘llanib kelinayotgan boy tajribasidan foydalanadi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda bu borada hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zsuvta’minot” va BAA kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan edi. Memarandum Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutadi.
Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani "Surum" MFY hududida kunlik quvvati 1 million metr kubdan ziyod bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti quriladi.
Yangi oqova suv inshootining birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi 400 mingdan ortiq aholi, korxona va tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan
qamrab olinadi.