Okeanlarni baliqdan ko‘ra ko‘proq plastik mahsulotlar egallamoqda – Abramchenko

© Foto : Simon Lorenz/2022 Ocean Photographer of the YearSnimok fotografa Simon Lorenz, pobedivshiy v kategorii Ocean Conservation Photographer of the Year (IMPACT) konkursa Ocean Photographer of the Year 2022
Snimok  fotografa Simon Lorenz, pobedivshiy v kategorii Ocean Conservation Photographer of the Year (IMPACT) konkursa Ocean Photographer of the Year 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Har yili okeanga 10 million tonna plastik tushadi. Bunday holat davom etsa okeanlarni 2050-yilga borib baliqdan ko‘ra ko‘proq plastik mahsulotlari egallaydi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Dunyoda mavjud okeanlarni 2050-yilga borib baliqdan ko‘ra ko‘proq plastik mahsulotlari egallaydi. Bunday prognozlarni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili okeanga 10 million tonna plastik tushadi. Siyosatchi buni biznes uzoq vaqtdan beri iste’molchilarning tovarlarni individual qadoqlash bo‘yicha istaklarini qondirib kelayotgani bilan izohladi.

"Har bir banan, har bir konfet alohida paketda bo‘lishi - bu shunchaki dahshatli. Biz buni barchamiz, birgalikda iste’molchilar sifatida amalga oshirdik. Bu falokatga olib kelishi mumkin. 2050-yilga borib, agar odamlar shu tarzda iste’mol qilishda davom yetsa, okeanda baliqdan ko‘ra ko‘proq plastik mahsulotlar ko‘proq bo‘ladi”, dedi u.

Abramchenko davlatning vazifasi - tozalash, qayta ishlash bosqichiga sarmoya kiritish uchun biznesni rag‘batlantirish ekanligini alohida qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0