https://oz.sputniknews.uz/20230121/oav-rossiyaga-qarshi-sanktsiyalar-qishloq-xojaligi-va-avtomobil-sohalariga-qimmatga-tushadi-31622938.html
OAV: Rossiyaga qarshi sanksiyalar qishloq xo‘jaligi va avtomobil sohalariga qimmatga tushadi
OAV: Rossiyaga qarshi sanksiyalar qishloq xo‘jaligi va avtomobil sohalariga qimmatga tushadi
Sputnik O‘zbekiston
Bloomberg: Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiyalari qishloq xo‘jaligi va avtomobil transporti uchun katta xarajat olib keladi 21.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-21T17:42+0500
2023-01-21T17:42+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
dizel
yevropa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24696930_0:128:3340:2007_1920x0_80_0_0_546ae6172ebad51f61d27491dc9f7bc4.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Yevropa davlatlari Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish orqali katta tavakkal qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Bloomberg agentligiga tayanib xabar berdi.Shunday qilib, maqola muallifi Jek Vittelsning fikricha, Rossiyadan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga zarba berishi va mintaqada inflyatsiyani jilovlash vazifasini murakkablashtirishi mumkin.Qayd etilishicha, Rossiya hamon YeI uchun dizel yoqilg‘isini eng yirik yetkazib beruvchi hisoblanadi.Yevropa davlatlari Rossiyada katta hajmdagi neft mahsulotlarini, xususan, dizel yoqilg‘isini sotib oladi.G‘arb matbuotiga ko‘ra, dekabr oyida ular mahsulotni 2016-yildan beri deyarli rekord hajmda xarid qilishgan. Yetkazib berishning yarmi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Yevropa Ittifoqining Rossiyadan neft mahsulotlarini dengiz orqali olib kirishga qo‘ygan embargosi 5 fevraldan kuchga kiradi.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/14/24696930_664:0:3340:2007_1920x0_80_0_0_007b5bb50b13775e4dae2c601d5b6390.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dizel, yevropa, rossiya
dunyoda, dizel, yevropa, rossiya
OAV: Rossiyaga qarshi sanksiyalar qishloq xo‘jaligi va avtomobil sohalariga qimmatga tushadi
17:42 21.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Bloomberg: Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiyalari qishloq xo‘jaligi va avtomobil transporti uchun katta xarajat olib keladi
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Yevropa davlatlari Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish orqali katta tavakkal qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Bloomberg agentligiga tayanib
xabar berdi. Shunday qilib, maqola muallifi Jek Vittelsning fikricha, Rossiyadan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga zarba berishi va mintaqada inflyatsiyani jilovlash vazifasini murakkablashtirishi mumkin.
“Agar yevropalik xaridorlar muqobil yoqilg‘i manbalarini topa olmasalar, sanksiyalar qishloq xo‘jaligi va avtomobil transporti kabi dizel yoqilg‘isiga qaram bo‘lgan sohalarda katta xarajatlarga olib keladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiya hamon YeI uchun dizel yoqilg‘isini eng yirik yetkazib beruvchi hisoblanadi.
“2022 yilda Rossiya portlaridan 220 million barrelga yaqin neft jo‘natilgan, bu 14 mingga yaqin olimpiya basseynlarini to‘ldirish uchun yetarli”, deya qayd etilgan.
Yevropa davlatlari Rossiyada katta hajmdagi neft mahsulotlarini, xususan, dizel yoqilg‘isini sotib oladi.
G‘arb matbuotiga ko‘ra, dekabr oyida ular mahsulotni 2016-yildan beri deyarli rekord hajmda xarid qilishgan. Yetkazib berishning yarmi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Yevropa Ittifoqining Rossiyadan neft mahsulotlarini dengiz orqali olib kirishga qo‘ygan embargosi 5 fevraldan kuchga kiradi.