Anomal sovuq sababli o‘z ishini to‘xtatgan tadbirkorlarga yordam beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida bozorlardagi mavjud vaziyatni chuqur o‘rganish, sotuvchi va xaridorlarga sharoit yaratish maqsadida maxsus shtab ish boshlaydi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatidagi dehqon bozorlari qattiq nazoratga olinadi. Bu haqda hokim Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda sovuq ob-havo sharoitida faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlar va sanoat korxonalariga yordam ko‘rsatish, bozorlardagi narx-navoni sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, joylarda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tunu kun ishlovchi maxsus shtablar tashkil etiladi. Ayni shu maqsadda Zoyir Mirzayev tomonidan mutasaddilarga viloyat iqtisod blokini to‘la safarbar qilish vazifasi berildi.
Bunda, bozorlardagi mavjud vaziyatni chuqur o‘rganish, sotuvchi va xaridorlarga sharoit yaratish nazarda tutiladi.
Yangiliklar lentasi
0