“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha Xitoydan mutaxassislar keldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUchastok jeleznodorojnogo puti
Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, bugungi kunda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ustida ish olib borilmoqda.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonga “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha 200 nafar xitoylik mutaxassis yetib keldi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.
Qirg‘iziston milliy axborot agentligi “Kabar” ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev matbuot anjumanida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi ishlarining borishi haqida gapirgan.
“Bugungi kunda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ustida ish olib borilmoqda. Shundan so‘ng loyiha bo‘yicha batafsil ishlar boshlanadi”, deya agentlik vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston transport vazirligi, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qo‘rish bo‘yicha uch tomonlama anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan.
Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023 yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan.
© Foto : Press-slujba Uzbekiston temir yullari"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li xaritasi
Karta jeleznoy dorogi Kitay-Kirgizstan-Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li xaritasi
Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Dekabr oyida xitoylik mutaxassislar guruhi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha dala ishlarini yakunlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0